qilinuvchi fayllami, boshqariluvchi fayllarni)
ruxsatsiz foydalanishdan
himoyalashga imkon beruvchi foydalanishni boshqarish mexanizmlarini
ta’minlashi lozim.
O.I&A.ENV - MBBT yordamida foydalanuvchilar haqiqiyligini ishonchli
tasdiqlash talab qilinganida bazaviy operatsion tizim foydalanuvchilami
identifikatsiyalash va autentifikatsiyalash vositalarini taqdim etishi lozim.
O.SEP - bazaviy operatsion tizim MBBT xavfsizligi funksiyalarini yakkalash
uchun vositalami va ushbu funksiyalar komponentlarining buzilmasligiga
ishonchni taqdim etishi lozim. Ushbu komponentlarga ma’lumotlar bazasini
saqlash maqsadida MBBT foydalanuvchi fayllar va ma’lumotlar bazasini
boshqaruvchi MBBT jarayonlari taalluqli.
Axborot texnologiyasi bilan bog‘liq bo‘lmagan, xavfsizlik maqsadlari MBBT
doirasida ko‘rilgan muolajaviy va boshqa choralar orqali qoniqtirilgan bo‘lishi
lozim.
O.iNSTALL
O.iNSTALL - MBBTga javobgarlar quyidagilami ta’minlashlari lozim:
- MBBT eksplutatsiya hujjatlariga
muvofiq yetkazib berilishi, o‘rnatilishi,
boshqarilishi va ishlatilishi lozim;
-bazaviy tizim eksplutatsiya hujjatlariga muvofiq o‘matilishi va ishlatilishi lozim.
Agar tizim elementlari sertifikatsiyalangan bo‘lsa, ular
sertifikatsiyaning kerakli
hujjatlariga muvofiq o‘matilishi va ishlatilishi lozim.
O.PHYSICAL - MBBTga javobgar uning xavfsizlik siyosatiga
kritik bo‘lgan qismlarining fizik tajovuzdan himoyalanishini
ta’minlashi lozim.
O.AUDITLOG - ma’lumotlar bazasi ma’murlari audit vositalarining samarali
ishlatilishini ta’minlashlari lozim. Ushbu muolajalar ma’lumotlar bazasi auditi
jumalida va/yoki bazaviy operatsion tizim auditi jumalida
va yoki xavfsizlikning
tarmoq servislari jurnalida o‘z aksini topishi lozim. Ayniqsa: -auditning davomli
ishlashini ta’minlash, masalan, audit jurnaiini muntazam arxivlash uchun yetarli
band bo`lmagan xotirani ta’minlash uchun kerakli harakatlar qilinishi lozim;
- audit hodisalarini ro‘yxatga olish jumallari muntazam ko‘zdan kechirilishi lozim
va. keyinchalik xavfsizlikning buzilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlar
va
hodisalami aniqlash lozim;
-tizim soatlari ruxsatsiz modifikatsiyalanishidan muhofazalanishi lozim (auditning
vaqt belgisining yaxlitligi obro‘sizlanmasligi uchun).