12-mavzu. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlarining himoya profillari




Download 0,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/16
Sana06.08.2024
Hajmi0,56 Mb.
#269154
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bog'liq
Data base security - lecture 12

 
Bog‘liqlik taxminlari 
A.PEER - faraz qilinadiki, MBBT bilan o‘zaro harakatda bo‘lgan axborot 
texnologiyaning har qanday komponentlari o‘sha boshqarish ostida b o ‘ladi va 
o‘sha xavfsizlik siyosati ostida ishlaydi. 
A.NETWORK - faraz qilinadiki, taqsimlangan muhitda
 
tarmoqning bazaviy servislari foydalanuvchilaming haqiqiyligini ta’minlovchi 
o‘zaro harakatlaming xavfsiz protokollariga asoslanadi.MBBT xavfsizligi 
maqsadlari tahdidlarining va xavfsizlik siyosatlarining har biriga munosabati 
keltirilgan va har qanday tahdidga bo`lmaganida, axborot texnologiyasining bitta 
maqsadi mos kelishligi va har qanday xavfsizlik siyosati, bo‘lmaganida, axborot 
texnologiyasi xavfsizligining bitta maqsadi bilan ta’minlanganligi ko‘rsatilgan. 
Jadvaldagi “Ha” so‘zi axborot texnologiyasi xavfsizligining ko‘rsatilgan maqsadi 
ma’lum tahdid yoki xavfsizlik siyosati uchun o‘rinli. 


O.ACCESS - MBBT foydalanuvchilami va ma’murlami xususiy yoki P.ACCESS 
xavfsizlik siyosatiga muvofiq javobgarliklaridagi ma’lumotlardan yoki resuslardan 
foydalanishni boshqarish imkoniyatini ta’minlashi lozim. Buning uchun baholash 
obyektida quyidagi muayyan maqsadlar mavjud: 
O.ACCESS 
O.ACCESS.OBJECTS - MBBT rna’lumotlaming va ma’lumotlar bazasi 
obyektlarining ruxsatsiz fosh qilinishini, kiritilishini, modifikatsiyalanishini yoki 
yo‘q qilinishini hamda ma’lumotlar bazasining kuzatilishini, ma’lumotlarning 
boshqarilishini va ma’lumotlar bazasi ma’ lumotlarining auditini bartaraf etishi 
lozim. 
O.ACCESS.CONTROL - MBBT ma’lumotlar bazasi foydalanuvchilariga xususiy 
yoki javobgarliklaridagi ma’lumotlardan boshqa vakolatli foydalanuvchilaming 
foydalanishlarini boshqarish imkoniyatini taqdim etishi lozim. 
O.ACCESS.RESEDUAL - MBBT obyektlar va resurslardan foydalanilgandan 
so‘ng ularda qolgan ma’lumotlardan ruxsatsiz foydalanishni bartaraf etishi lozim. 
O.RESOURCE - MBBT o‘zining ma’lumotlar bazasi resurslaridan vakolatli 
foydalanuvchilarga foydalanishni boshqarish vositalarini taqdim etishi lozim. 
O.I&A.TOE - MBBT bazaviy tizim yordamida yoki yordamisiz o‘zining 
foydalanuvchilarini identifikatsiyalash va autentifikatsiyalash vositalarini taqdim 
etishi lozim. 
O.AUDIT 
O.AUDIT - MBBT o‘zining ma’muriga yetarlicha yordam berish maqsadida 
xavfsizlikka ahamiyatli hodisalami batafsil ro‘yxatga oluvchi vositalami taqdim 
etishi lozim: 
- ma’lumotlar bazasini obro'sizlanishidan himoyasiz qolishiga sabab bo‘luvchi 
xavfsizlikni buzishga urinishlami yoki MBBTni himoyalash vositalari 
konfiguratsiyasidagi bo‘lishi mumkin bo‘lgan xatolikni aniqlash; 
- ma’lumotlar bazasining individual foydalanuvchilarini, 
P.ACCOUNT siyosatiga binoan ma’lumotlar bazasi xavfsizligi uchun ahamiyatli 
har qanday bajariladigan harakatlariga javobgar bo‘lishiga majbur qilish. 
O.ADMIN.TOE - zarur hollarda MBBT bazaviy tizim bilan birga faqat vakolatli 
ma’murga baholash obyekti va uning xavfsizlik funksiyalarmi samarali 
boshqarishga imkon beruvchi funksiyalami taqdim etishi lozim. 

Download 0,56 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Download 0,56 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



12-mavzu. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlarining himoya profillari

Download 0,56 Mb.
Pdf ko'rish