|
P.16.11. Kesson poydevorlarining moxiyati nimadan iborat?Bog'liq 12-mavzu.Chuqur joylashgan poydevorlar
P.16.11. Kesson poydevorlarining moxiyati nimadan iborat?
Siqilgan xavo ta’sirida grunt suvlarini so’rib chiqarish imkoniyatini beruvchi
maxsus usti berk quduqlarga kesson deb ataladi. Kesson - bu kamera xosil qiluvchi
to’ntarilgan yashikdan iborat bo’lib, ushbu kameradagi barcha suvlarni qochirish
va gruntni quritish uchun bosim ostida xavo yuboriladi. Ushbu usul pastashuvchi
quduqni qo’llashga nisbatan ancha murakkabroqdir. Lekin, ushbu usul qo’l
yordamida qazilayotgan gruntga “etib borish” imkonini beradi. Kesson belgilangan
chuqurlikkacha o’rnatilgandan so’ng uning ichi beton bilan to’ldiriladi.
P.16.12. Kesson moslamasi qanday qismlardan iborat?
Kesson tayanchini tushirish uchun quyidagi moslamadan foydalaniladi:
14
1) kesson kamerasi;
2) shaxtalar;
3) shlyuz apparati;
4) xavo xaydovchi kompresion moslama.
Kesson kamerasi temir-betondan iborat bo’lib, balandligi 2,2 m dan kam
emas. Perimetri bo’yicha uning pastki qismi pastlashuvchi quduqqa o’xshab
o’tkirlashgan bo’ladi. SHlyuz apparati ishchilarni shaxtaga (bu yerda xavo bosimi
atmosfera bosimidan yuqori) kirishiga va ish tugagandan so’ng ishchilarni u yerdan
chiqishiga hamda gruntni chiqarib yuborishga
xizmat qiladi.SHaxta ichida lift o’rnatilgan.
Kesson usti inshootini birdaniga butun
balandligi bo’yicha, yoki bosqichma-bosqich
oshib borish tarzida barpo etiladi.
P.16.12 – rasm. Kesson poydevor:
a – yer osti bo’shlig’i sifatida (unga turli jixozlarni o’rnatish) ishlatish uchun; b – inshoot tayanchi
sifatida ishlatish uchun;
1 – kesson kamera; 2 – kesson usti inshooti; 3 – shaxta quvuri; 4 – shlyuz apparati; 5 – namdan
himoyalash qatlami; 6 – himoya devori; 7 – ish xonasi.
|
| |