• Quraish tashkilotlarining buxgalteriya hisobi sub’ekti sifatidagi tavsifi va ular faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslari
  • 112-guruh talabasi




    Download 55.95 Kb.
    bet1/3
    Sana25.04.2024
    Hajmi55.95 Kb.
    #207257
      1   2   3
    Bog'liq
    17-variant Maxmudjonov D.B. (2)
    1-topshiriq (1)

    Mustaqil ish

    Mavzu: Qurilishda buxgalteriya hisobi, audit va soliqqa tortish

    112-guruh talabasi
    Bajardi: Maxmudjonov. D.B.

    Reja:
    1.Qurilish tashkilotlarining buxgalteriya hisobi sub’ekti sifatidagi tavsifi va ular faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslari


    2.Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining vazifalari
    3.Qurilish tashkilotlari hisob siyosatining xususiyatlari

    Quraish tashkilotlarining buxgalteriya hisobi sub’ekti sifatidagi tavsifi va ular faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslari
    Qurilish tashkilotlari iqtisodiyotning «Qurilish» deb atalgan tarmog‘i quyi bo‘g‘inini tashkil qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan belgilangan xalq xo‘jaligi tarmoqlari klasssifikatoriga muvofiq qurilish tashkilotlarining alohida turlariga quyidagi tarmoq kodlari ajratilgan:
     60000 -Qurilish;
     61000 -Pudrat va xo‘jalik usulida qurilish, montaj va boshqa ishlarni olib boruvchi umumqurilish va ixtisoslashgan tashkilotlar;
     62000 -Ishlab chiqarish maqsadidagi bino va inshoatlarni kapital ta’mirlashni bajaruvchi tashkilotlar;
     63000 - Noishlab chiqarish maqsadidagi bino va inshoatlarni ta’mirlash, aholi buyurtmasiga ko‘ra yashash joylarini ta’mirlash va qurish ishlarini bajaruvchi tashkilotlar;
     65000 - Burg‘ulash ishlarini bajaruvchi tashkilotlar;
     66000 - Loyiha, loyiha-qidiruv va qidiruv tashkilotlari;
     69000 - Qurilish xo‘jalik boshqarmalari Qurilish tashkilotlarini xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar sifatida turli belgilari bo‘yicha tasniflash mumkin.
    Mulkiy shakli va yuridik maqomiga ko‘ra qurilish tashkilotlari ochiq aksiyadorlik jamiyatlari (OAJ), mac’uliyati cheklangan jamiyatlar (MCHJ), xususiy korxonalar (firmalar) va davlat unitar korxonalari bo‘lishi mumkin. Ushbu maqomdagi qurilish tashkilotlarini tuzish va ular faoliyatini yuritish respublikamizda bu turdagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar to‘g‘risidagi qonunlar va qonun osti hujjatlari, shuningdek ushbu tashkilotlarning ta’sis hujjatlari asosida amalga oshiriladi. Nomlanishiga ko‘ra ham qurilish tashkilotlari turlichadir. Chunonchi, ularning eng keng tarqalgan nomi bo‘lib harakatlanuvchi mexanizatsiyalashgan kolonna (XMK–PMK) hisoblanadi. Qurilish tashkilotlariga bunday nomni berilishi negizida ularning qurilish, qurilish montaj va boshqa ishlarga doir o‘z faoliyatini bevosita buyurtma berilgan joylarda maxsus harakatlanuvchi texnik vositalar, mashina va mexanizlar yordamida amalga oshirishlari yotadi.
    Bundan tashqari qurilish tarmog‘ida xususiy qurilish firmasi, sho‘’ba qurilish korxonasi, qurilish kompaniyasi, qurilish tresti kabi nomlardagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar ham mavjud. Faoliyat yuritish doirasiga ko‘ra qurilish tashkilotlari tarmoq va tarmoqlararo qurilish tashkilotlariga bo‘linadi. Tarmoq qurilish tashkilotlari xalq xo‘jaligining alohida olingan tarmoqlarida o‘z faoliyatini yuritadilar. Ixtisoslashganligiga ko‘ra qurilish tashkilotlari maxsus va universal tashkilotlar bo‘lib hisoblanadi.
    Masalan, qurilish tashkilotlarining metro qurilishi, uy qurilishi, yo‘l qurilishi, ko‘prik qurilishi va boshqa shu kabi maxsus ixtisoslashgan turlari mavjud. Ayrim qurilish kompaniyalari (trestlari) ko‘p tarmoqli, ya’ni universal tashkilotlar bo‘lib hisoblanadi. Xodimlarining soniga ko‘ra qurilish tashkilotlari mikrofirmalar, kichik korxonalar, o‘rta va yirik korxonalarga bo‘linadi. Respublikamizning qonun hujjatlariga ko‘ra qurilish tarmog‘ida mikrofirmalar bo‘lib xodimlarining soni 20 tagacha, kichik korxonalar bo‘lib xodimlarining soni 50 tagacha, o‘rta korxonalar bo‘lib xodimlarining soni 100 tagacha va yirik korxonalar bo‘lib xodimlarining soni 100 dan oshiq bo‘lgan korxonalar hisoblanadi. Ta’sischilarining tarkibiga ko‘ra qurilish tashkilotlarini mahalliy va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarga bo‘lish mumkin. Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi qurilish tashkilotlari ustav kapitalining miqdori eng kamida 150000 AQSH dollari miqdorida bo‘lishi lozim. Ushbu ustav kapitali miqdori mahalliy va xorijiy ta’sischilar mablag‘laridan tashkil topadi. Qurilish ishlarini bajarishdagi o‘rniga ko‘ra qurilish tashkilotlari bosh pudratchi va subpudratchi tashkilotlarga bo‘linadi. Bosh pudratchi tashkilot – bu buyurtmachi bilan qurilish, qurilish-montaj va boshqa ishlarni olib borish bo‘yicha asosiy shartnomani tuzgan hamda uning bajarilishini to‘liq o‘z zimmasiga olgan qurilish tashkiloti. Subpudratchi tashkilot – bu bosh pudratchining buyurtmachiga bajarib berishi lozim bo‘lgan qurilish, qurilish-montaj va boshqa ishlarning bir qismini bosh pudratchi bilan tuzilgan shartnomaga asosan bajarib beruvchi tashkilot. Tanlagan soliq rejimiga ko‘ra qurilish tashkilotlari umumbelgilangan va ixchamlashtirilgan soliq rejimlarida ishlovchi korxonalarga bo‘linadi. Respublikamizning soliq qonunchiligi hujjatlariga muvofiq mikrofirma va kichik korxonalar hisoblangan qurilish tashkilotlari ixchamlashtirilgan soliq to‘lovi rejimida ishlari mumkin. Yirik va o‘rta qurilish tashkilotlari, odatda, umumbelgilangan soliqlarni to‘lovchilari bo‘lib hisoblanadilar. Qurilish tashkilotlari faoliyati respublikamizning amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlariga muvofiq asosiy va asosiy bo‘lmagan faoliyat turlariga bo‘linadi. Asosiy faoliyatga buyurtmachilar uchun bajarilgan qurilish, qurilish-montaj ishlari, jihozlarni o‘rnatish, rekonstruksiya, kengaytirish, obodonlashtirish, kapital va joriy ta’mirlash ishlari, shuningdek o‘z maqsadlarida foydalanish va sotish uchun mo‘ljallangan qurilish materiallari va moslamalarini ishlab chiqish va shu kabi boshqa ishlar kiradi. Asosiy bo‘lmagan faoliyatga qurilish tashkilotlarining moliyaviy, investitsiya va boshqa faoliyat turlari kiradi. Qurilish tashkilotlari asosiy faoliyatiga kiruvchi ishlarning har biri o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Qurilish ishlari deganda yangi bino va inshoatlarni yaratilishi bilan bog‘liq jarayonlar majmuasi tushuniladi. Yangi bino va inshoatlarni yaratilishi o‘z ichiga loyihalashtirish, qurishga tayyorgarlik, ta’minot, qurish, foydalanishga topshirish kabi jarayonlarni oladi. Har bir jarayon qurilishga doir ma’lum ishlardan tashkil topadi va o‘zining pirovard natijasiga ega bo‘ladi. Qurilishning loyihalashtirish jarayonida yangi bino va inshoatlarni qurishning texnik, texnologik, geodezik, topografik va barcha boshqa jihatlari o‘rganiladi, ularning aniq parametrlari va o‘lchamlari belgilanadi. Qurilish loyihasi, odatda, maxsus loyihalashtirish muassasalari (institutlar) tomonidan buyurtmachi bilan tuzilgan shartnomaga asosan ishlab chiqiladi. Ishlab chiqilgan loyiha quriladigan ob’ekt joylashgan xududning shaharsozlik bosh loyihasi talablariga zid bo‘lmasligi lozim. Shu bois ham yangi ob’ektlarni qurishdan oldin ularning loyihalari O‘zbekiston Respublikasi «Davarxitektqurilish» qo‘mitasining joylardagi boshqarmalari va bo‘limlari tomonidan ko‘rib chiqiladi va ma’qullanadi. Loyihalashtirish jarayonining natijasi bo‘lib yangi quriladigan ob’ektning barcha texnik-iqtisodiy parametrlarini ifodalovchi loyihasi va qurish smetasi hisoblanadi. Qurish smetasida ob’ektni qurish bilan bog‘liq barcha ishlarning hajmi, ularning belgilangan me’yor va tartiblarga muvofiq hisoblangan qiymati ko‘rsatiladi. Loyiha qiymati pudratchi va buyurtmachi o‘rtasida tuziladigan shartnoma qiymatini belgilashga asos bo‘ladi. Qurishga tayyorgarlik va uning ta’minot jarayoni buyurtmachi va pudratchi tomonidan amalga oshiriladigan ma’lum ishlardan tashkil topadi. Bu ishlarni bajarish bo‘yicha tomonlarning majburiyatlari tuzilgan shartnomada o‘z aksini topadi. Masalan, buyurtmachi bu jarayonda o‘z zimmasiga qurish uchun kerakli bo‘lgan materiallarni pudratchiga yetkazib berish, oldindan to‘lov summasining kelishilgan qiymatini (loyiha qiymatining 15 foizdan kam bo‘lmagan qismini) quruvchi tashkilotning hisob raqamiga o‘tkazib berish kabilarni oladi. Pudratchi tashkilot qurish uchun kerakli texnika va jihozlarni qurilish maydonchasiga yetkazish, ularni qurish ishlari uchun tayyorlash va shu kabi majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi. Ob’ektni qurish jarayoni qurilishning titul ro‘yxatida ko‘rsatilgan ishlarni bosqichma-bosqich loyihani bajarish jadvaliga (grafigiga) muvofiq amalga oshirishdan iborat bo‘ladi. Qurilish ob’ektlarining bitkazilgan, lekin buyurtmachiga hali topshirilmagan qismi tugallanmagan ishlab chiqarish (qurilish ishlari) hisoblanadi. Qurilgan ob’ektni foydalanishga topshirish qurilishning yakuniy jarayonidir. Bu jarayon qurilishga doir loyihadagi barcha ishlar tugatilgach, tuzilgan maxsus komissiya tomonidan amalga oshiriladi va mos ravishda «Bajarilgan ishlar (qilingan harajatlar) qiymati to‘g‘risida ma’lumotnoma – schyot-faktura» bilan rasmiylashtiriladi. Ushbu hujjat imzolangan va tasdiqlangandan so‘ng qurilgan ob’ekt pudratchi uchun bajarilgan (sotilgan) ish, deb hisoblanadi. Qurilish ishlari o‘z ichiga montaj ishlarini ham oladi. Shu bois birgalikda olib borilgan ushbu ishlar qurilish-montaj ishlari ham deb ataladi. Jihozlarni o‘rnatish ishlari deganda jihozlar, uskunalar va boshqa konstruksiyalarni yig‘ish, o‘rnatish va foydalanishga tushirish bilan bog‘liq ishlar majmuasi tushuniladi. Chunonchi, bino va inshoatlarni qurishda bajariladigan jihozlarni o‘rnatish ishlari tarkibiga ko‘tarish-tushirish qurilmalari (lift, eskalator va boshqalar)ni, isitish, sovutish, yoritish, suv berish, havoni almashtirish, sanitariya-gigiyena texnikasi qurilmalarini o‘rnatish, yig‘ish, o‘tkazish, izolatsiya qilish va shu kabi boshqa ishlar kiritiladi. Kengaytirish deganda pudrat shartnomasiga ko‘ra buyurtmachilarning harakatdagi bino va inshoatlariga qo‘shimcha ishlab chiqarish ob’ektlarini qurish, asosiy, yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchi sexlarning maydonchalarini ishlab chiqarish quvvatini oshirish maqsadida kengaytirish bilan bog‘liq ishlar tushuniladi. Kengaytirish ishlariga shuningdek buyurtmachilar uzoq muddatli aktivlari tarkibiga kiritiladigan va alohida balansga ajratilmaydigan filiallari va ishlab chiqarish bo‘linmalarini qurish ham kiritiladi. Kengaytirish ishlari xuddi yangi qurilish singari loyihadagi barcha ishlar tugatilgach, pudratchi tomonidan buyurtmachiga «Bajarilgan ishlar (qilingan harajatlar) qiymati to‘g‘risida ma’lumotnoma – schyot-faktura» asosida topshiriladi. Ushbu hujjat imzolangan va tasdiqlangandan so‘ng kengaytirishga doir ishlar pudratchi tashkilot uchun bajarilgan (sotilgan) deb hisoblanadi. Rekonstruksiya deganda pudrat shartnomasiga ko‘ra buyurtmachilarning harakatdagi asosiy, yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchi ob’ektlarini dastlabki xolatini kengaytirmasdan qayta o‘zgartirib chiqish tushuniladi.
    Rekonstruksiyadan asosiy maqsad bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: ishlab chiqarishni takomillashtirish va uning texnik-iqtisodiy darajasini ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlari asosida ko‘tarish; harakatdagi ishlab chiqarish ob’ektlari quvvatini oshirish; ishchi xodimlarning mehnat sharoitlarini yaxshilash, ularning mehnat unumdorligini oshirish; texnik bo‘g‘inlardagi disproporsiyalarni yo‘qotish. Rekonstruksiya ishlari loyihadagi barcha ishlar tugatilgach, pudratchi tomonidan buyurtmachiga «Bajarilgan ishlar (qilingan harajatlar) qiymati to‘g‘risida ma’lumotnoma – schyot-faktura» asosida topshiriladi. Ushbu hujjat imzolangan va tasdiqlangandan so‘ng rekonstruksiya ishlari pudratchi tashkilot uchun bajarilgan (sotilgan) ish deb hisoblanadi Obodonlashtirish deganda pudrat shartnomasiga ko‘ra buyurtmachilarga ularda foydalanishda bo‘lgan yer maydonchalarining ko‘rinishini yaxshilash, yer osti o‘tkazmalarini qurish, transport vositalarini to‘xtab turish joylarini tashkil qilish, yer maydonchalarini temir panjaralar bilan o‘rash, yurish yo‘lkalarini qurish kabi ishlar tushuniladi. Obodonlashtirish ishlari boshqa ishlar singari loyihadagi barcha ishlar tugatilgach, pudratchi tomonidan buyurtmachiga «Bajarilgan ishlar (qilingan harajatlar) qiymati to‘g‘risida ma’lumotnoma – schyot-faktura» asosida topshiriladi. Ushbu hujjat imzolangan va tasdiqlangandan so‘ng obodonlashtirish ishlari pudratchi tashkilot uchun bajarilgan (sotilgan) deb hisoblanadi. Ta’mirlash ishlari deganda pudrat shartnomasiga ko‘ra buyurtmachilarga asosiy, yordamchi va xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan ob’ektlarni texnik-ishlab chiqarish holatini ishchi holatda ushlab turish, ularning texnik-iqtisodiy darajasini saqlash maqsadlarida bajarilgan ishlar tushiniladi. Bu ishlar, odatda, buyurtmachilar bino va inshoatlarining miqdoriy hajmini kengaytirmaydi. Biroq, ta’mirlash ishlari buyurtmachilarda mehnat sharoitlarini, atrof muhit muhofazani yaxshilashga imkon beradi. Ta’mirlash ishlari boshqa ishlar singari shartnoma nazarda tutilgan barcha ishlar tugatilgach, pudratchi tomonidan buyurtmachiga «Bajarilgan ishlar (qilingan harajatlar) qiymati to‘g‘risida ma’lumotnoma – schyotfaktura» asosida topshiriladi. Ushbu hujjat imzolangan va tasdiqlangandan so‘ng ta’mirlash ishlari pudratchi tashkilot uchun bajarilgan (sotilgan) deb hisoblanadi. Shunday qilib, qurilish tashkilotlari tomonidan xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlari uchun bajariladigan qurilish ishlari tarkibi juda ham turli-tumandir. Ularning asosiylariga4 quyidagilar kiradi:
     qurilish titul ro‘yxatiga kiritilgan bino va inshootlarni qurishga doir barcha ishlar, ular bilan bog‘liq bo‘lgan temir-beton metalllar, yog‘och va boshqa qurilish konstruksiyalarini o‘rnatish va montaj ishlari, minorali va boshqa kranlar uchun kran osti yo‘llari qurish va buzish ishlari;
     gaz, suv, elektr energiyasi, issiqlik, kanalizatsiya, havoni tozalash ta’minotiga doir ishlar;
     neft va gaz quvurlarini yotqizish, elektr quvvati va aloqa liniyalari kabellarini yotqizish va o‘tkazish ishlari;  ko‘prik, yo‘l, suv osti-texnik tonnellarini qurish va o‘tqazish ishlari;
     sanitariya-gigiyena texnikasi va jihozlarini o‘rnatish ishlari;
     bino, inshoat va uskunalarga asos (fundament) va tayanch konstruksiyalarini o‘rnatish, qozon pech va boshqa agregatlar atrofiga qoplamalar yasash ishlari;
     qurish uchun yer maydonlarini tayyorlash, tozalash, eski buta va daraxtlarni kesish va olib tashlash, kovlash, yerni quritish va loyihada belgilangan ko‘rinishga yetkazish ishlari;
     shahar va qishloq joylari xududlarini ko‘kalamzorlashtirish hamda obodonlashtirishga doir qurilish ishlari;
     suv chiqarish, ularni oqish quvurlarini o‘rnatish ishlari;
     eroziya, sel ko‘chmalariga qarshi va boshqa tabiatni muhofaza qilish inshootlarini qurish, qirg‘oqlarni mustahkamlash va botqoqlarni quritish ishlari;
     qurilishiga aloqador parmalash, shurflash, suvni tortib olish va shu kabi boshqa geologik va gidrogeologik ishlar.
    Qurilish tashkilotlarining asosiy faoliyatiga kiruvchi ushbu ishlar ularning xususiyatlariga ko‘ra litsenziyalashtiriladigan va litsenziyalash-tirilmaydigan turlarga bo‘linadi. Masalan, mudofaa ob’ektlarini, ko‘prik va tonnellarni, magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini, balandliklarda joylashgan ob’ektlarni loyihalashtirish, qurish va ta’mirlash ishlari litsenziyalashtiriladigan faoliyat hisoblanadi. Bunday qurilish ishlari bilan shug‘ullanish uchun litsenziya faqat maxsus ixtisoslashgan qurilish tashkilotlariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan beriladi. Maxsus loyihalashtirishni talab qilmaydigan va litsenziya olish lozim bo‘lmagan qurilish, qurilish-montaj, obodonlashtirish, kengaytirish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish, kapital va joriy ta’mirlash ishlari bilan barcha turdagi qurilish tashkilotlari shug‘ullanishlari mumkin.
    Qurilish tashkilotlari va buyurtmachilar o‘rtasida qurilish ishlariga doir pudrat shartnomalarini tuzishda hozirgi paytda tender (tanlov) usuli keng tarqalgan. Chunonchi, davlat byudjetidan markazlashtirilgan tarzda moliyalashtiriladigan qurilish ob’ektlari (maktablar, litseylar, kollejlar, harbiy qismlar, shifoxonalar va boshqalar) bo‘yicha pudrat shartnomalarini tuzish maxsus келтирилган. «Yagona buyurtmachi xizmati» injiniring kompaniyalari orqali tanlov savdolari asosida amalga oshirilmoqda. Ushbu tanlov savdolarida barcha mulkiy va tashkiliy-huquqiy turdagi qurilish tashkilotlari qatnashish huquqiga egadirlar. Buning uchun ular injiniring kompaniyalariga tanlov savdosida qatnashish bo‘yicha ofertalar (takliflar)ni kiritishlari hamda tegishli tanlov hujjatlarini taqdim etishlari lozim. Tanlov savdosida qatnashish uchun qurilish tashkilotlari «Yagona buyurtmachi xizmati» injiniring kompaniyalari tomonidan qo‘yilayotgan quyidagi talablarga mos kelishlari lozim:
     ishlar (xizmatlar)ni bajarish uchun zarur bo‘lgan mehnat resurslari va mutaxassislarga ega bo‘lishlari;
     tanlovga qo‘yilgan ob’ektga o‘xshash inshoatlarda ishlash tajribasi va ko‘nikmalariga ega bo‘lishlari;
     shartnoma tuzish yuzasidan fuqoralik-muomala, huquqiy layoqat va vakolatlarga, o‘zaro ishonchga ega bo‘lishlari;
     tanlovga qo‘yilgan ob’ekt qurilishini olib borish uchun markazlashtiriladigan mablag‘lardan tashqari o‘z mablag‘lariga ega bo‘lishlari;
     byudjet oldida boqimanda qarzlarga ega bo‘lmasligi;
     joriy majmuriyatlar bo‘yicha to‘lov qobiliyatiga ega bo‘lishligi va boshqalar. «Yagona buyurtmachi xizmati» injiniring kompaniyalari orqali tanlov savdolari asosida amalga oshiriladigan qurilish ishlariga doir pudrat shartnomalari qurilish ishlari rejalariga kiritilgan hamda ular uchun belgilangan tartibda tasdiqlangan titul ro‘yxatlariga muvofiq holda tuziladi. Bosh pudratchi qurilish ishlarining hajmi va xususiyatlariga ko‘ra injiniring kompaniyalari roziligi bilan alohida ishlarni amalga oshirishlari uchun o‘zlarining subpudratchilarini belgilashlari ham mumkin. Ushbu holda bosh pudratchi va subpudratchilar o‘rtasidagi munosabatlar tuzilgan subpudrat shartnomalari asosida belgilanadi. Quriladigan ob’ektning loyiha-smeta hujjatlari (titul ro‘yxati, uskuna, material va buyumlarni yetkazib berish jadvali, moliyalashtirish grafigi va boshqalar) tuzilgan pudrat shartnomasining tarkibiy elementlari bo‘lib hisoblanadi. Ushbu hujjatlarga amal qilish va ularda ko‘rsatilgan shartlarni bekamu-ko‘st bajarilishini ta’minlash buyurtmachilar hamda qurilish tashkilotlarining bevosita majburiyatlari hisoblanadi.

    Download 55.95 Kb.
      1   2   3




    Download 55.95 Kb.