80.Ekoturizm marshrutlaridagi xizmatlar.
Ekoturizm marshrutlarini ishlab
chiqishning tamoyillari oʻz mohiyati jihatidan turistik marshrut lardagi xizmatlarni
ham oʻz ichiga oladi. Ayniqsa, imkoniyatning yaratilgan ligi, koʻp variantlilik,
qulaylilik va axborotlanganlik tamoyillarida marshrutlarda turistlar uchun qanday
xizmatlar tashkil qilinishi va koʻrsa tilishining ayrim, umumiy nomlanishlariga
toʻxtaldik. Ekologik turizm marshrutlaridagi xizmatlar quyidagi, alohida-alohida
sohadagi xizmat larni oʻz ichiga oladi:
1. Transport xizmatlaridan marshrutda boʻlish davomida quyidagi holatlardan
foydalanish mumkin:
a) Turistik firmaning xususiy transportlaridan foydalanish mumkin.
b) Boshqa tashkilotlardan maxsus jihozlangan transport xillarini ijaraga olish
mumkin.
v) Turist mahalliy aholidan ot, eshak, tuya va aravalarni ijaraga olishi mumkin.
g) Turist oʻzining shaxsiy transportidan foydalanish mumkin.
Ekoturizmning katta masofali marshrutlaridan foydalanilganda albatta hozirda
mavjud boʻlgan quyidagi transport turlari turmarshrutning oʻziga tegishli xizmatini
bajarib beradi:
1. Aviatsiya transportlari (samolyot, vertolyot).
2. Avtobus transportlari (kichik va katta hajmdagi avtobuslar, mikro avtobuslar).
3. Avtomobillar transporti (yengil, jiplar, arzon, qimmat, maxsus).
4. Temir yoʻl transportlari.
5. Mahalliy aholi transportlari (ot,eshak,tuya,arava, bugʻu, it chanalari).
6. Kombinatsiyalashgan transport xillari.
7. Suv havzalari transportlari (kater, qayiq, kemalar, maxsus sollar).
81. Ekologik turizm marshrutlarida hayot xavfsizligini taʼminlash.
Ekologik
turizm marshrutlarida hayot xavfsizligini taʼminlash. Turizmdagi boshqa turistik
marshrutlarlarga taqqoslaganda ekoturizm marshrutlarida turistlarning hayotiga
xavf soluvchi manbalar anchagina. Chunki ekoturizm marshrutlari tabiatimizdagi
barcha ekologik iqlim mintaqalarini oʻz ichiga oladi. Bu ekologik iqlim
mintaqalarining barchasida tabiatdagi zaharli hashorotlar, sudralib yuruvchilar
yashashadi. Ekoturizm marshrutlarida turistlarning hayotiga xavf soluvchi
vaziyatlar va manbalarni quyidagi tartibda guruhlash mumkin:
1. Zaharli sudralib yuruvchilar (ilonlar) va hashorotlar (qoraqurt, falanga,
pashshalar) chaqishi xavfi.
2. Iqlimning taʼsiri xavfi (issiq urishi, togʻlarda qon bosimi oshishi, oʻsimliklarning
allergiya chiqarishi, shamollash).
3. Ichki kasalliklarning kelib chiqishi xavfi (meva –sabzavotlardan, mahalliy
suvlardan, mahalliy-milliy ovqatlardan).
4. Transport vositalarining choʻlda va togʻliklarda, notekis yoʻllarda yurishdan
kelib chiqadigan xavf.
Ekoturizm marshrutlarida tabiatdagi zaharli ilonlar, hashorotlar haqida
marshrutning «axborotlanganlik» tamoyili boʻyicha zaharlanish haqida marshrut
maʼlumotlarida ogohlantirish xabarlari yozilishi, zaharli ilonlar, chayon va qora-
qurtlarning qayerlarda koʻproq uchrashi yoki boʻlishi albatta yozilishi shart
boʻladi. Mahalliy iqlim sharoitlari, manbalari asosida turistlarda ichki kasalliklar
kelib chiqishining oldini olish uchun mahalliy suvdan foyda lanmaslik, mahalliy
aholi ovqatlarini bilgan holda ovqatlanish, mevalarning xususiyatlari haqida
ogʻzaki ogohlantirishlar, axborotlar, suhbatlar oʻtkazish albatta kutilmagan
xavfning oldini oladi.
|