1.
MySQL DATURINI O’RNATISH
MySQL — bu eng mashhur va juda ko'p foydalaniladigan ma'lumotlar bazasini
boshqarish tizimi(MBBT) hisoblanadi. Bu tizim juda katta ma'lumotlar bilan
ishlash uchun yaratilmagan, aksincha biroz kichik hajmdagi bazalar bilan katta
tezlikda ishlash uchun yaratilgan. Uning asosiy ishlash doirasi, saytlar hisoblanadi.
Hozirgi kunda juda ko'p sayt va bloklarning ma'lumotlari aynan shu MBBT
saqlanadi.
MySQL — juda katta tezlikda ishlovchi va qulay hisoblanadi. Bu tizimda ishlash
juda sodda va uni o'rganish qiyinchilik tug'dirmaydi.
MySQL tizimi tcx kompaniyasi tomonidan, ma'lumotlarni tez qayta ishlash uchun
korxona miqyosida ishlatishga yaratilgan. Keyinchalik ommalashib, saytlarning
asosiy bazasi sifatida yoyildi. So'rovlar SQL tili orqali amalga oshiriladi. Bu
MBBT relyatsion ma'lumotlar baza hisoblanadi. Bu degani baza jadvallar,
jadvallar esa ustunlardan tashkil topgandir.
MySQL shved korxonasi MySQl AB ga tegishli bo'lgan, keyinchalik SUN firmasi
MySQL ni o'ziniki qilib olgan. Bir necha yil oldin esa, gigant korxonalardan
biri Oracle, SUN firmasini sotib oldi va hozirda MySQL Oracle firmasi mahsuloti
sifatida chiqib kelmoqda. Bu bir hisobda Microsoft SQL Server ga katta
raqobatdosh ekanligini anglatadi.
MySQL bir necha serverlarning bir qismi hisoblanadi. Misol uchun, WAMP,
AppServ, LAMP, Denwer,… Kliyentlar MySQL serveriga ma'lum bir
kutubxonalar orqali ulanadi. MySQL ga quyidagi dasturlash tillari ulanib ishlashi
mumkin: Delphi, C, C++, Java, Perl, Php, Python, Ruby va boshqalar.
|