|
1-mavzu. Radioaloqa liniyasi
|
bet | 1/4 | Sana | 07.06.2023 | Hajmi | 191.56 Kb. | | #70755 | Turi | Dərs |
Bog'liq 1-mavzu. Radioaloqa liniyasi Mavzu; valiqulovdan mustaqil ish, Dekart koordinatalar sistemasini almashtirish. II tartibli tengl, 2 5429163000894336892, 3Xizmat yozishmalari. Xatlar, 5-курс 5-йиллик амалиёт дафтари-1 (2), 2Ma‘lumot-axborot hujjatlari. Ishonchnoma. Tilxat., 2Xizmat yozishmalari. Xatlar, “O‘zbekinvest” eksport-import aksiyadorlik jamiyati sug\'urta kompaniyasi, Вейн А.М., Память человека, 2351
Bosh sahifa
Dərs
Mühazirə
Qaydalar
Referat
Xülasə
Promoted Content
Visu Caps
3 kun ichida ko'rish qobiliyatini 98% yaxshilaydi! Uy usuli
Visu Caps
Visu Caps
Sustaflex
Bog'in og'rig'i? Mana oddiy yechim Uy vositasi! Kafolat!
Sustaflex
Sustaflex
1 2 3 4
Bu sahifa navigatsiya:
1.1. Elektrmagnit to‘lqinlar
1.2. Xabarlar va signallar
1.1. Elektrmagnit to‘lqinlar
1.2. Xabarlar va signallar
1.3. Radioaloqa liniyasi, uning tarkibi va elementlarining mo‘ljallanishi. Radioaloqa liniyasining samaradorligi to‘g‘risida tushuncha
Nazorat savollari
1.1. Elektrmagnit to‘lqinlar
Radiotexnika – xalq xo‘jaligining ko‘p sohalarida keng qo‘llanib kelmoqda. Ular qatoriga radioaloqa, televidenie, radionavigatsiya, radiolokatsiya, radiotelemetriya, meditsina, kosmik aloqa, mobil uyali aloqa, radioastronomiya, radioboshqarish va h.k. sohalar kiradi. Radiotexnika asoslari tarixi 1864 yilda ingliz fiziki Maksvell tomonidan elektrmagnit maydon matematik tenglamasini yaratishdan, G.Ders tomonidan elektrmagnit to‘lqinlarni tarqatuvchi va qabul qiluvchi tebratgichlarni yaratilishi hamda 1895 yilda A.S.Popov tomonidan radioqabul qilgichni ixtiro etilishi bilan bog‘liq.
Axborot manbai va axborot oluvchi
Biron bir voqea, hodisa va ob’ekt to‘g‘risidagi ma’lumotlar axborot deb ataladi. Axborot manbaidan iste’molchiga yozma shaklda, og‘zaki nutq shaklida, o‘zgaruvchan va o‘zgarmas tasvir shaklida va hokazo shakllarda uzatilishi mumkin. Axborotni etkazib berish shakliga xabar deb nom berilgan. Xabarni uzatish, taqsimlash, xotirada saqlash, shaklini o‘zgartirish va to‘g‘ridan-to‘g‘ri axborot oluvchiga etkazib berish mumkin. Xabar almashish nafaqat insonlar orasida, balki inson va avtomatik boshqarish tizimi o‘rtasida, turli texnik tizimlar, EHM va jonivorlar orasida bo‘lishi mumkin. Xabarni ma’lum bir shaklda yaratib beruvchi ob’ekt xabar yoki axborot manbai deb, xabarni iste’mol qiluvchi ob’ekt esa iste’molchi deb ataladi.
Radiotexnika va elektr aloqa tizimlarida xabar manbadan iste’molchiga ma’lum bir parametri uzatilayotgan xabarga mos ravishda, o‘zgaruvchi fizik kattalik orqali etkazib beriladi. Fizik kattalik sifatida yopiq elektr zanjirlaridan o‘tayotgan tokning yoki uning bir qismi bo‘lgan yuklamadan tok o‘tishi natijasida kuchlanishni mos ravishda o‘zgarishi misol bo‘ladi.
|
|
| |