• Ikkinchi yo‘nalish
  • Uchinchi yo ‘ nalish
  • 1-Mavzu: informatika va raqamli texnologiyalar fanining asosiy rivojlanish yoʼnalishlari




    Download 1,42 Mb.
    bet3/17
    Sana24.09.2024
    Hajmi1,42 Mb.
    #272141
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
    Bog'liq
    1-Mavzu informatika va raqamli texnologiyalar fanining asosiy r

    Informatikaning asosiy vazifasi — davlat boshqaruv organlarining sanoat va tadbirkorlik, ilmiy texnik hamda boshqa sohalardagi axborotga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun moddiy-texnik bazani yaratishdir.
    Informatikaning uchta asosiy yo‘nalishi mavjud.
    Birinchi yo‘nalish axborotni uzatish, yig‘ish va qayta ishlashning texnik vositalarini rivojlantirish nazariyasi bilan bog‘liq. U o‘z ichiga hisoblash komplekslarini, lokal va global hisoblash tarmoqlari, aloqa nazariyasini olgan keng ilmiy-ommaviy sohadir.
    Ikkinchi yo‘nalish ma’lumotlarini qayta ishlash bo‘yicha har xil amaliy vazifalarni hal etish yuzasidan turli kategoriyadagi foydalanuvchilar uchun texnik vositalar bilan samarali ishlashni tashkil qilish imkonini beradigan, dasturiy ta’minotni ishlab chiqishga yo‘naltirilgan, matematik va amaliy fanlar kompleksini o’z ichiga olgan dasturlashtirishdir. Bu yo‘nalishga algoritmlashtirish tillari nazariyasi, ma’lumotlarni tashkil etish, saqlash, qidirish va qayta ishlash nazariyasi, tizimli hamda amaliy dasturlashtirish nazariyasi kiradi.
    Axborot tizimini yaratishda ikkinchi yo‘nalishni umumiy va amaliy dasturiy ta’minot deb atash qabul qilingan.
    Uchinchi yonalish – avtomatlashtirilgan usulda turli darajadagi vazifalarni hal etish modellari, algoritmlari, tartibi, texnologiyasini ishlab chiqish va tashkil qilishdir. Informatikaning bu bo‘limi hozirda qishloq xo‘jaligi sohasida o‘ta muhim va dolzarb sanaladi.
    Informatika axborotning qayta ishlash, ularni qo'llash va ijtimoiy amaliyotning turli sohalariga ta’sirini EHM tizimlariga asoslangan holda ishlab chiqish, loyihalash, yaratish, baholash, ishlashning turli jihatlarini o'rganuvchi kompleks ilmiy va muhandislik fanidir.
    Informatika axborot modellarini qurishning umumiy uslubiyot tamoyillarini ishlab chiqarishga yo'naltirilgan. Shu bois axborot uslublari obyekt, hodisa, jarayon va hokazolarini axborot modellari yordamida bayon etish imkoniyatiga egadir.
    Informatikaning vazifalari, imkoniyatlari, vosita va uslublari ko'p qirrali bo'lib, uning ko'plab tushunchalari mavjud. Ularni umumlashtirib quyidagicha ta’rifni tavsiya etamiz.
    Informatika — kompyuterlar yordami va ularni qo'llash muhiti vositasida axborotni yangilash jarayonlari bilan bog'liq inson faoliyati sohasidir.
    Informatika uch qismga bo'lish mumkin: 
    nazariy informatika; 
    axborotlashtirish vositalari; 
    axborot tizimlari va texnologiyalari.
    Ushbu qismlarning har biri bir nechta alohida qismlarga ajratilgan va ularning ba'zilari mustaqil o'quv fanlari sifatida ko'rib chiqilgan.


    1. Download 1,42 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




    Download 1,42 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-Mavzu: informatika va raqamli texnologiyalar fanining asosiy rivojlanish yoʼnalishlari

    Download 1,42 Mb.