• Metallar yemirilishiga qarshi kurash choralarining asosiy omillari.
  • Detallarni elektrokimyoviy va kimyoviy ishlov berib himoyalash




    Download 0,51 Mb.
    bet22/53
    Sana14.05.2024
    Hajmi0,51 Mb.
    #232891
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   53
    Bog'liq
    Korxona jihozlari

    Detallarni elektrokimyoviy va kimyoviy ishlov berib himoyalash. Detallarga elektrokimyoviy va kimyoviy ishlov berishdan maqsad hosil bo‘lishi metall ajralishi bilan bog‘liq bo‘lmagan oksidli yoki boshqa himoya qatorlari va pardalarini hosil qilish hisoblanadi. Bunga ko‘plab usullar bilan erishish mumkin bo‘lib, ulardan oksidlash, fosfatlash va antikorrozion azotlash keng qo‘llaniladi.
    Oksidlash. Oksidlash detallar sirtiga himoyalash xossalariga ega bo‘lgan oksidli pardalarni hosil qilish uchun qo‘llaniladi. Kimyoviy, elektrokimyoviy va termik oksidlashlar mavjud. Tanlangan usuldan qat’iy nazar detallar boshlang‘ich toza ishlov berilgan, tozalangan va yog‘sizlantirilgan, oksidlangandan so‘ng esa yuvilgan bo‘lishi kerak, oksidlashdan ko‘pincha po‘lat va cho‘yandan yasalgan detallarni himoyalash uchun foydalaniladi. Shu usulning o‘zi bilan alyuminiy va misdan yasalgan detallarga, shuningdek rangli qotishmalardan yasalgan detallarga ishlov berish mumkin.
    Metallar yemirilishiga qarshi kurash choralarining asosiy omillari.

    Metallar yemirilishiga qarshi kurash choralarini uchta asosiy omilga ajratish mumkin:


    1. Metallga ta’sir ko‘rsatish (legirlash, termik ishlov berish, turli xil qoplamalar va moylarni qo‘llash).
    2. Muhitga ta’sir ko‘rsatish. (Inert yoki himoyalovchi gazlardan foydalanish, shuningdek, havoni maxsus adsorbentlar bilan quritish).
    3. Loyihaga (mashina konstruktsiyasiga) ta’sir ko‘rsatish. Bunda ashyolar va qistirmalarni tanlash yo‘li bilan o‘zaro ta’sir yemirilishining oldini olish; detallar kesimlarining qo‘shilib ketishini ta’minlash; bolt yordamida biriktirishga nisbatan payvandlab biriktirishni ko‘proq qo‘llash; mashinalarni ishlatish hamda ta’mirlash jarayonida turli qoplamalarni pishirib yopishtirish va tiklash imkoniyatini ta’minlash zarur.
    Detallar o‘lchamlari va shaklining yeyilishi oqibatida o‘zgarishi ularning mexanizmda ishlashiga turlicha ta’sir ko‘rsatadi. Ayrim hollarda, masalan, detal mashina yoki qurilmaning ish organi bo‘lganda, bu o‘zgarishlar detallarning ish sifatini yomonlashtirishi va yeyilishini tezlashtirishi mumkin. Agar detal uzatish mexanizmining ish bo‘g‘ini bo‘lsa, u holda tirqishlarning kattalashuvi mazkur bo‘g‘inning mexanizmda joylashish aniqligiga ta’sir qiladi, bu esa ish sifatining yomonlashuviga, tutash detallarning, ba’zan esa butun mexanizmning jadal va hatto falokatli darajada yeyilishiga olib keladi. Bu holda uzatish bo‘g‘inlarida ishqalanishga energiya isrofi ko‘payadi, ish ashyolarining sarfi ortadi, mashinaning iqtisodiy va agrotexnika ko‘rsatkichlari pasayadi.

    Download 0,51 Mb.
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   53




    Download 0,51 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Detallarni elektrokimyoviy va kimyoviy ishlov berib himoyalash

    Download 0,51 Mb.