SELECT Nomi, Muallif
FROM book
WHERE Narx > 25 000 ;
Ushbu so’rov quyidagi jadvalni bizga qaytaradi
SQLda unar amallar.
1. Tanlov amallari.
SQL-da tanlov jarayoni quyidagi shaklning SELECT bayonoti tomonidan amalga oshiriladi:
SELECT barcha atributlar
FROM jadval_nomlari
WHERE tanlov shartlari ;
Bu erda "barcha atributlar" ni yozish o'rniga "*" belgisini ishlatishingiz mumkin. SQL nazariyasida, bu belgi munosabatlar sxemasidan barcha atributlarni tanlashni anglatadi.
Bu yerda tanlov sharti (va boshqa barcha operatsiyalarda) standart not (emas) and (va), or (yoki) standart biriktirgichlar bilan mantiqiy ifoda sifatida yozish mumkin.
Misol:
SELECT *
FROM student
WHERE Yoshi>20 and Shahar = Samarqand;
Ushbu so’rov natijasida yoshi 20 dan katta va Samarqand shahridan bo’lgan barcha ma’lumot student jadvalidan izlab, natija sifatida qaytariladi.
2. Proyeksiya amali.
SQLda proyeksiyalash jarayoni, tanlash operatsiyasidan ko'ra soddaroq. Eslatib o'tamiz, proyeksion operatsiyani amalga oshirishda, satrlar emas (tanlab olish operatsiyasidagi kabi), balki ustunlar tanlanadi. Shuning uchun, hech qanday tashqi shartlarni ko'rsatmasdan, zarur bo'lgan ustunlar sarlavhalarini (ya'ni, atributlarning nomlarini) ro'yxatga olish kifoya. Shunday qilib, biz quyidagi operatorni olamiz:
|