35
Patent-huquqiy ko‗rsatkichlarga quyidagilar kiradi:
patent bilan himoyalanganlik ko‗rsatkichi;
patent tozaligi ko‗rsatkichi va b.
10 Ekologik ko„rsatkichlar mahsulotdan foydalanganda yoki iste‘mol qilganda
sodir bo‗ladigan atrof muhitga zararli ta‘sir darajasini tavsiflaydi. Bu ko‗rsatkichlarni
tanlash va aniqlashda atrof muhitni muhofazalash talablari hisobga olinadi.
Ekologik ko‗rsatkichlarga quyidagilar kiradi:
atrof muhitga chiqarib yuboriladigan zararli aralashmalarning ruhsat etilgan
miqdori;
mahsulotni saqlash, tashish, ishlatish yoki iste‘mol
qilishda atrof muhitga
zararli zarrachalar, gazlar, nurlanishlarni chiqarib yuborishi ehtimolligi va b.
11 Xavfsizlik ko„rsatkichlari mahsulotning ishlatishda (iste‘mol qilishda)
inson hayotiga, sog‗ligiga
va mulkiga, atrof muhitga xavfsizligi xossalarini va
xususiyatlarini tavsiflaydi.
Xavfsizlik ko‗rsatkichlari O‗z.RH 51-010:1998
ga asosan mahsulot turlari
bo‗yicha shakllantiriladi, masalan, elektrotexnik jixozlar va buyumlarning xavfsizlik
ko‗rsatkichlariga quyidagilar kiradi:
elektr tokidan shikastlanishdan saqlanish klassi;
boshqarish, xizmat ko‗rsatish, ekspluatatsiya qilishda mehnatning
xavfsizligi;
izolyatsiyani doimiy tekshiruvchi qurilmaning mavjudligi;
shovqin darajasi;
azot
oksidlari, karbon (uglerod) va b. ni atrof muhitga chiqarib
yuboriladigan solishtirma miqdori.
Sut va sut mahsulotlari uchun:
kislotalilik;
mikrobiologik ko‗rsatkichlar;
pestitsidlar, og‗ir metallar, aflotoksinlar va b. ning qoldiq mikdori.
Demak, MSKT standartlarida ko‗rsatilgan mahsulot
tavsiflari majmui va
O‗zbekiston me‘yoriy-huquqiy hujjatlarida belgilangan rioya qilish majburiy bo‗lgan
talablar majmui mahsulot sifatini tashkil etadi va standartlashtirish bilan
ta‘minlanadi.