|
1-laboratoriya ishi. Mavzu: ehm arxitekturasini o‘rganish. Ishdan maqsad
|
bet | 3/3 | Sana | 26.06.2024 | Hajmi | 63,59 Kb. | | #265793 |
Bog'liq 1-laboratoriyaKontrollar – bu nima?
KONTROLLER (ing. controller — boshqaruvchi) — elektr dvigatellarni ishga tushirish (yurgizib yuborish), tezligini rostlab turish, reversirlash (dvigatel oʻqining aylanish yoʻnalishini oʻzgartirish) va toʻxtatish uchun moʻljallangan past kuchlanishli elektr apparat. Tuzilishi jihatdan koʻp pogʻonali yassi, barabanli va kulachokli almashlab ulagichlardan iborat. Odatda, Kontroller dasta yoki zalvar massa (maxovik) yordamida qoʻlda boshqariladi; agar maʼlum masofadan turib boshqariladigan boʻlsa, servomotor qoʻllaniladi. Kontroller yordamida boshqarish zanjiridagi, kuch zanjirlarini biriktirish sxemalaridagi va elektr dvigatellarni uygʻotish zanjirlaridagi elektr qarshilik oʻzgartiriladi. Kontrollerlar elektronika (jumladan, kompyuterlar)da ham qoʻllaniladi.
Operatsion sistema qanday funksiyalarni bajaradi? Kompyuterdan foydalanuvchilar o‘z masalalarini to‘liq hal qilishlari uchun kompyuterdan ko‘proq imkoniyat talab qiladilar va bu muammoni hal qilish uchun, odatda, turli dasturlar yoki ularning majmuasidan foydalanadilar. Har qanday kompyuter o‘zidan-o‘zi ish holatiga kelmaydi. Uni ish holatiga keltirish va qurilmalarni boshqarish uchun maxsus dasturiy ta’minot yoki, boshqacha qilib aytganda, operatsion sistema lozim.
Demak, kompyuter ishga tushirilgach, uning qurilmalari bilan bir vaqtda maxsus dastur ishga tushadi. Mazkur dastur foydalanuvchi bilan kompyuter o‘rtasidagi muloqotni ta’minlaydi. Shuningdek, operatsion sistema kompyuterning barcha qurilmalarini boshqarish imkonini beradi.
Operatsion sistema quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
Vinchester yoki disketalardan tanlangan dasturni tezkor xotiraga yuklaydi va bajarilishini ta’minlaydi. Dastur bajarilgach, tezkor xotirani “tozalaydi”. Navbatdagi tanlangan dastur bilan ham shu ishlarni amalga oshiradi. Axborotlarni vinchesterdan diskka yoki aksincha, diskdan diskka ko‘chirish kabi turli servis xizmatlarni amalga oshiradi.
Shuni aytib o‘tish lozimki, kompyuterlarning texnik holatiga ko‘ra, ulardagi operatsion sistemalar turlicha bo‘ladi, ammo ularning asosiy vazifasi yagonadir. Bu - ichki va tashqi qurilmalarning birgalikda mutanosib ishlashini ta’minlashdan iborat.
Kompyuterning “dasturli ta’minot”, “texnik ta’minot” va “operatsion sistema”lari orasida uzviy bog‘liqlik mavjudligini darslikda korib o‘tilgan.
Operatsion sistema bajaradigan vazifasidan qat’iy nazar ishonchlilik, himoyalash, samaradorlik va qulaylik kabi sifatlarga ega bo‘lishi zarurdir.
Operatsion sistema ishlab chiqarilish tarixi bilan qisqacha tanishtiramiz. Dastlabki “operatsion sistema” 1940 yilning oxirlarida ishlab chiqarildi. U axborotni xotiraga kiritish va xotiradan o‘qish uchun oddiy amallar yig‘indisi sifatida tashkil etildi. Keyinchalik, ya’ni, 50-yillarning o‘rtalarida, “operatsion sistema” dasturchilar ishlab chiqargan dasturlarni jamlash va resurslarga taqsimlash uchun xizmat qilgan bo‘lsa, 60- yillarning boshlarida vaqtni dasturlarga ketma-ket taqsimlashga asoslangan dastlabki “operatsion sistemalar” paydo bo‘ldi. Bu holda bitta kompyuterdan bir vaqtda bir necha kishi foydalanish imkoniyatini berdi. Bunday tizimlarda markaziy protsessor foydalanuvchilarda protsessorda faqat ularning dasturlari bajarilayotgandek tasavvur paydo qilib, boshqarish bir dasturdan ikkinchisiga tezlik bilan o‘ta oladigan darajaga yetkazildi. Shu kabi tizimlarni yaratish chog‘ida protsessor ishida vaqtning bo‘linishi, ko‘plab foydalanuvchilar dasturlari o‘rtasida xotira va boshqa turli resurslarni taqsimlash bilan aloqador muammolar yuzaga chiqdi. Bu mammolarni hal etish parallel jarayonlarni bir maromda amalga oshirishni ham qo‘shilgan tarzdagi virtual xotira, axborotlarni kiritish va chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan qator muhim yangiliklarga olib keldi.
Nazorat savollari.
1. Elektron hisoblash mashinalari qachon paydo bo‘lgan?
2. EHM arxitekturasini tushuntirib bering.
3. Kontroller haqida ma’lumot bering.
|
| |