|
Talab: Bolada yozuv malakasi shakllanadi
| bet | 25/279 | Sana | 28.05.2024 | Hajmi | 1,77 Mb. | | #255854 |
Bog'liq 1-ilova o‘zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi-fayllar.orgTalab: Bolada yozuv malakasi shakllanadi.
Kutilayotgan natija:
-
qog‘ozda to‘g‘ri chiziqlar, so‘zlar va qisqa gaplarni yozadi;
-
daftardagi yozuv qatorlarini aniqlay oladi;
-
rasmlarni to‘g‘ri joylashtiradi;
-
qo‘lni uzmasdan nuqta-chiziqchalarni birlashtirib rasm chizadi;
-
matodagi rasmni to‘qiydi;
-
«o‘ziga» va «o‘zidan» harakatlari yo‘nalishini tushunadi;
-
turli materiallardan murakkab namunalarni qirqadi.
7.4. Bilish jarayonini rivojlanishi
Kichik soha: Intellektual-anglash malakalari
Talab: Bola qiziquvchan, intiluvchan, faol, bilishga qiziqish bildiradi va unga ehtiyoji mavjud
Kutilayotgan natija:
-
atrof-olam haqida mustaqil ma’lumot izlaydi;
-
kuzatuvlar asosida xulosa qiladi va umumlashtiradi;
-
yil fasllari va voqea-hodisa ketma-ketligini aytadi;
-
rasmlar bo‘yicha ketma-ketlikni saqlagan holda fikr yuritadi, mulohaza qiladi;
-
o‘z mamlakati va uning ramzlari haqida tushunchaga ega;
-
o‘z xalqining ayrim milliy an’analari va odatlarini biladi;
-
bolalar ensiklopediyasidan foydalana oladi (kerakli ma’lumotni topa oladi) ;
-
ichki va tashqi belgilarga ko‘ra predmetlarni guruhlarga ajratadi (rangi, shakli, hajmi, vazni, harakatlanish tezligi, vazifasiga qarab).
Kichik soha: Elementar matematik malakalar
Talab: Bola elementar matematik malakalarga ega.
Kutilayotgan natija:
-
hayotda son va sanoqning ahamiyatini tushunadi;
-
geometrik shakllar va figuralarni biladi;
-
20gacha bo‘lgan ayrim matematik harakatlarni bajaradi;
-
10 gacha qo‘shish va ayirishli sodda matematik vazifalarni echadi (son va belgilarni qo‘llagan xolda +, -, =);
-
son qatori haqida tushunchaga ega
-
guruhlarni teng yoki teng emasligini tahlil qiladi (qanchaga ko‘p?, qanchaga kam?);
-
hajmi, balandligi va qalinligiga qarab predmetlarni ketma ket joylashtiradi;
-
shartli belgi asosida suyuq, sochiluvchan va qattiq materialni o‘lchaydi.
|
| |