Agar uzatmada bir necha juft tishli shesternalar ishtirok etsa, u holda uzatish
sonini aniqlash uchun barcha juftliklarning uzatish nisbatlarini bir-biriga
ko´paytirish kerak.
Ko´rib chiqilayotgan uzatmalar qutisi chizmasida birinchi uzatmani ulash
uchun Z
1
, shesternani vilka (ayri) (4) yordamida
Z´
1
shesterna bilan ilashgunga
qadar chapga surish kerak. Bunda birlamchi valdan (1) aylantiruvchi moment
doimiy ilashishdagi Z
3
va Z´
3
shesternalar hamda birinchi uzatmani hosil qiluvchi
Z´, va Z´ shesternalar orqali uzatiladi.
Birinchi uzatma uchun uzatish soni i
1
=
(Z´
3
/Z
3
)•(Z
1
/ Z´
1
) formula bilan
aniqlanishi mumkin, bu yerda Z
1
,
Z´
1
, Z´
3
, Z
3
- shesternadagi tishlar soni.
Ikkinchi uzatma sinxronizatorni (2) vilka (3) yordamida o´ngga surish bilan
ulanadi. Bu paytda Z
2
shesterna yetaklanuvchi valga blokirovka qilinadi, undagi
aylantiruvchi moment i
II
=
(Z´
3
/Z
3
)•(Z
2
/ Z´
2
) uzatish soni orqali aniqlanadi.
Uchinchi uzatmani sinxronizatorni (2) chapga surib olish mumkin. Ushbu holatda
yetaklovchi va yetaklanuvchi vallar bir-biriga nisbatan qo´zg´almas qilib
biriktiriladi, qutidagi uzatish soni o´zgarmaydi va birga teng bo´lib qoladi. Bunday
uzatmani to´g´ri uzatma deyiladi. Undan avtomobilni katta tezlik bilan
harakatlantirish uchun foydalaniladi.