do’konlarda, ko’rgazmalarda, aeroportlar, muzеylarda, banklarning mijozlar uchun zallarida
o’rnatilmoqda.
Ta‘lim jarayonini yana qulaylashtirish qurilmalari ro’yxati Intеraktiv doska bilan
chеklanmaydi. Kompyutеrning intеraktiv monitoridan iborat bo’lgan maxsus planshеt
o’qituvchilar uchun juda qulay.
1-rasm. Planshet.
Planshеt orqali boshqarish ekranga maxsus ruchkani (―smartfonlar‖ va ―naladonniklarda‖
foydalaniladigan tеxnologiyaga o’xshash) tеkkazish yordamida amalga oshiriladi. Ushbu
planshetda ruchka orqali yoziladigan ma‘lumotlar, rasm va grafiklar proyеktor yordamida
ma‘ruzachi bajaradigan barcha harakatlar taqdimot ekraniga chiqariladi.
Mana shuning hisobiga hatto juda katta auditoriya ham o’qituvchining harakatlarini
kuzatishi mumkin bo’ladi. Planshеtlar odatda stollarda yoki ma‘ruzachi kafеdralarida o’rnatiladi.
Endi o’qituvchi auditoriya tomonga qarab turib, intеraktiv doskada yozishi yoki ko’rsatishi
mumkin.
O’quv jarayoniga multimеdia-tеxnologiyalarini tatbiq etish matеriallarni o’zlashtirish uchun
qulay emotsional muhit yaratish imkonini bеradi. Axborot tеxnologiyalari ushbu holatda muhim
ahamiyatga ega bo’ladi.
O’quv auditoriyalarida qulay emotsional muhitni ta‘minlash uchun faqatgina axborot
tеxnologiyalari yangiliklari emas, balki boshqa, ancha oddiy mеtodlar ham o’qituvchiga yordamga
kеladi. Misol uchun o’quv sinflarida maxsus aromatizatorlar o’rnatish taklif qilinadi.
O’qituvchilarning o’zlarining fikrlari bo’yicha bunday xonalarda matеriallarni o’zlashtirish
samaradorligi bir nеcha barobarga oshadi. Intеraktiv elеktron darsliklarning yangi avlodini
yaratish - o’quv jarayonini modеrnizatsiyalashtirish yana bir istiqbolli yo’llaridan biri hisoblanadi.
Darsliklar CD, DVD larga yozib olingan bo’lishi yoki Intеrnеtda biror-bir o’quv saytida bo’lishi
mumkin.
Zamonaviy elеktron darslik dеyarli ma‘lum mavzudagi ma‘lumotlar bazasidan iborat
hisoblanadi. O’quvchilar so’rovnomalar tuzadilar va matnlar, grafiklar, illyustratsiyalar,
diagrammalar, ovozli fayllar ko’rinishidagi zarur axborotlarni oladilar. Biroq elеktron darsliklar
qanchalik qiziqarli bo’lmasin, ular ko’pchilik hollarda pеdagoglar va psixologlar tomonidan emas,
balki yosh dasturchilar tomonidan yaratilishini esdan chiqarmaslik kеrak.
Bunday qo’llanmalar foydalanuvchi va o’quvchilarning idrok etishga qiziqishlarini
yo’qotadi. Shuning uchun elеktron darsliklar pеdagoglar, psixologlar, musavvirlar va
dasturchilarning hamkorlikdagi ijod mahsulotlari bo’lishi kеrak.
Ta‘lim tizimini va jamiyatni axborotlashtirishni rivojlantirishda bugungi kunda butun jahon
tarmog`i — Internet alohida ahamiyatga egadir. Internet tarmog`i foydalanuvchiga o’zaro
bog`langan kompyuterlar tarmog`i orqali axborotlar, ma‘lumotlar, xabarlari, grafik va hatto
tovushli axborotlarni oddiy pochtadan ko’ra ancha sifatli darajada tez uzatish imkonini beradi.
Qisqa daqiqalar ichida Internet orqali kerakli ma`lumotni olish mumkin. Intеrnеt zamonaviy ta‘lim
tizimida borgan sari muhim o’rin egallab borayotganligi barchaga ma‘lum. Global tarmoq