|
Mg, Al, Si, Zn, W, Fe, Ni, Pt, Cu, Bi, Sn, Sb, Pb, Ag, Cd
|
bet | 2/18 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 5,69 Mb. | | #240229 |
Bog'liq Eritib payvandlash 4-kursMg, Al, Si, Zn, W, Fe, Ni, Pt, Cu, Bi, Sn, Sb, Pb, Ag, Cd.
2. Erimaydigan elektrodlar bilan payvandlash
O‘zgarmas tok bilan inert gazlar muhitida yoy vositasida payvandlashda yoyning turg‘un yonish sharti - qutblilikni o‘zgartirishda zaryadsizlanishning muntazam ravishda tiklanib turishidir. Argon va geliy kabi inert gazlarining yoyni yondirish va ionizatsiyalash potensiali kislorod, azot va metall bug‘lariga qaraganda yuqori, shuning uchun o‘zgaruvchan tok yoyini yondirish uchun salt yurish kuchlanishi oshirilgan ta’minlash manbai talab etiladi. Payvandlash yoyi inert gazlar (argon yoki geliy) muhitida juda turg‘un yonadi va uni tutib turish uchun uncha katta kuchlanish talab etilmaydi. Elektronlarning yuqori darajadagi qo‘zg‘aluvchanligi neytral atomlarning ular bilan elektronlar to‘qnashganda yetarlicha uyg‘onishi va ionizatsiyalanishini ta’minlaydi.
Volfram katod bo‘lgan holda yoy zaryadsizlanishi, asosan, suyuqlanish haroratining yuqoriligi va volframning nisbatan kam issiq o‘tkazuvchanligi tufayli sodir bo‘ladigan termoelektron emissiya hisobiga yuz beradi, bu esa to‘g‘ri va teskari qutblilikda yoyning bir xilda yonmasligiga sabab bo‘ladi. Teskari qutblilikda (buyum katod rolini o‘ynaydi - minus) yoyni yondirishdagi kuchlanish to‘g‘ri qutblilikdagiga qaraganda katta bo‘lishi kerak. Shuning uchun volfram elektrodi bilan payvandlanadigan metall xossalari bir-biridan ancha farq qilganligidan yoy kuchlanishining egri chizig‘i simmetrik shaklga ega bo‘lmaydi, balki unda doimiy tashkil etuvchi paydo bo‘lib, u payvandlash zanjirida tokning doimiy tashkil etuvchisining hosil bo‘lishini yuzaga keltiradi.
AMALIY MASHG’ULOT №2
Mavzu: Himoyalovchi С gazi ostida payvandlashning yarim avtomatlashtirilgan usuli uchun mo‘ljallangan yarim avtomat qurilmasini o‘rganish.
Ishning maqsadi: Himоya gаzlаr muhitidа pаyvаndlаsh аppаrаtlаri vа uskunаlаrini, eriydigаn va erimаydigаn elеktrоdlar bilаn himоya gаzlаr muhitidа pаyvаndlаsh uchun jihоzlаrni o‘rganish.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Mg, Al, Si, Zn, W, Fe, Ni, Pt, Cu, Bi, Sn, Sb, Pb, Ag, Cd
|