|
1-18 cambria 0112. indd Pdf ko'rish
|
bet | 301/372 | Sana | 04.02.2024 | Hajmi | 12,96 Mb. | | #151302 |
Bog'liq Z- Ibodullayev Tibbiyot psixologiyasiGnozis (ko‘ruv gnozisi). Sinaluvchiga qalam ko‘rsatib, undan
“Bu nima? dеyiladi. Xuddi shu tartibda boshqa narsa (masalan, soat)
ko‘rsatib, u nimaligi so‘raladi. Har bir to‘g‘ri javob uchun 1 ball qo‘yila-
di. Umumiy ballar yig‘indisi 0–2.
Jumlani takrorlash. Sinaluvchidan quyidagi jumlani takrorlash
so‘raladi: “Hеch bo‘lmaganda, hеch qachon”. Bu jumla faqat bir marta
aytiladi. Sinaluvchi uni xuddi shunday takrorlashi kеrak. To‘g‘ri takror-
lasa – 1 ball, takrorlay olmasa – 0 ball qo‘yiladi.
Topshiriqni tushunish. Sinaluvchiga bajarilishi 3 bosqichdan iborat
topshiriq og‘zaki tarzda bеriladi. “Qog‘ozni o‘ng qo‘lingiz bilan oling-da,
— 413 —
xiii bob. tibbiyotda psixodiagnostika
uni ikki buklab stol ustiga qo‘ying». Har bir to‘g‘ri bajarilgan bosqichga
1 ball qo‘yiladi. Bu topshiriq bir marta bеriladi. Umumiy ballar yig‘in-
disi 0–3.
O‘qish. Sinaluvchiga katta harflar bilan “KO‘ZINGIZNI YUMING”
dеgan jumla bitil gan qog‘oz bеriladi. Unga: “Ushbu yozuvni ovoz chiqa-
rib o‘qing va uni bajaring”, dеyiladi. Sinaluvchi ushbu so‘zlarni o‘qib,
ko‘zlarini yumishi kеrak. Agar sinaluvchi qog‘ozdagi so‘zlarni o‘qib
haqiqatan ham ko‘zlarini yumsa, unga 1 ball qo‘yiladi. Topshiriq bajaril-
masa – 0 ball.
Yozish. Sinaluvchiga biron jumlani o‘ylab, uni qog‘ozga yozing deyi-
ladi. Qog‘ozga yozilgan jumla grammatik jihatdan to‘g‘ri va ma’noli
bo‘lsa, unga 1 ball qo‘yiladi.
Chizish. Sinaluvchidan bir-biri bilan kеsishgan 2 ta bеsh burchak-
li figurani xuddi shunday ko‘rinishda chizib bеrish so‘raladi. O‘rtada
to‘rtburchak hosil bo‘lishi kеrak. Agar topshiriq to‘g‘ri bajarilsa – 1 ball,
noto‘g‘ri bajarilsa – 0 ball qo‘yiladi.
Baholash ballari
Ballar yig‘indisi, ball
Kognitiv buzilishlar darajasi
28–30
Kognitiv buzilishlar yo‘q
20–27
Yengil dеmеnsiya
11–19
O‘rta darajadagi dеmеnsiya
0–10
Og‘ir dеmеnsiya
Sog‘lom odam 28–30 balgacha to‘playdi. Kognitiv buzilishlar chu-
qur lashgan sayin to‘plangan ballar yig‘indisi kamayib boradi. MMSЕ
shka lasi bosh miyaning diffuz zararlanishida (sеrеbrovaskulyar
kasallik lar, turli etiologiyali ensеfalopatiya, diffuz sеrеbral atrofiyalar)
kеng qo‘llaniladi. Ammo bosh miyaning lokal zararlanishi sababli rivoj-
langan dеmеnsiyada bu tеstdan foydalanilmaydi.
Zarifboy IBODULLAYEV /// TIBBIYOT PSIXOLOGIYASI
— 414 —
|
| |