|
Texnologik xarita o‘qituvchi uchun quyidagi
| bet | 15/54 | Sana | 08.01.2024 | Hajmi | 1,52 Mb. | | #132670 |
Bog'liq seminar va oxirigachaTexnologik xarita o‘qituvchi uchun quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:
-
o‘quv jarayonida fanni o‘rganish, o‘zlashtirish uchun o‘quv materiallarini bir butun, tizimli, loyiha ko‘rinishida ifodalash;
-
ilgaridan ko‘zlangan maqsadga erishish uchun amalga oshiriladigan faoliyatni ketma-ket ifodalash, darsning barcha qismlarini mukammal rejalashtirish;
-
o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatini muvofiqlashtirib borish;
-
pedagogik faoliyat subyektlarini bir vaqtdagi barcha harakatlarini moslashtirish, turli variantlaridan eng maqbulini tanlash;
-
ta’lim jarayonida o‘quvchilarni mustaqil ishlash faoliyatiga undash;
-
DTSda aks etgan rejalarni amalga oshirish;
-
mavzu va mavzu qismlari bo‘yicha o‘quvchilarni aniq, unumli o‘quv faoliyatiga undash;
-
mavzuni o‘zlashtirish jarayonida maqsaddan toki oxirgi natijagacha ish jarayoni ketma-ketligini loyihalashtirish;
-
mavzuni o‘zlashtirishning har bir bosqichida o‘quvchilar o‘zlashtirishini rejalashtirish va loyihalashtirish;
-
ta’lim natijalarini qo‘yilgan мақсадга мослигини аниқлаш;
-
таълим сифатини ошириш.
O‘qituvchi tomonidan tuzilgan darsning texnologik xaritasi quyidagi savollarga javob berishi lozim:
-
Qanday faoliyatlarni amalgan oshirish lozim;
-
Dars qanday bosqichlardan tashkil topadi;
-
Dars bosqichlariga qancha vaqt ajratish lozim;
-
O‘quvchilar qanday faoliyatlarni amalga oshiradilar;
-
Darsning har bir bosqichi qanday natija berishi lozim;
-
Darsda qanday vosita, qaysi pedagogik texnologiya, metod va qanaqa ta’lim texnologiyalaridan foydalaniladi va h.k.
Darsning bosqichlari dars turlariga qarab ajratiladi. Bizga ma’lumki, darsning:
-
Yangi mavzuni o‘zlashtirish darsi;
-
Mustahkamlash darsi;
-
Takrorlash va umumlashtirish darsi;
-
Nazorat va baholash darsi
-
Aralash dars;
-
Xatoliklar bilan ishlash va h.k.turlari mavjud.
Yuqoridagi dars turlariga qarab, dars bosqichlari quyidagicha bo‘lishi mumkin:
-
Kirish qism;
-
Tashkiliy qism;
-
O‘quvchilarni faollashtirish;
-
Yangi bilimlarni egallash;
-
O‘tilgan mavzuni mustahkamlash;
-
O‘rganilganlarni nazorat qilish;
-
O‘rganilganlarni qo‘llash;
-
Umumlashtirish va tizimlashtirish;
-
Nazorat va o‘z-o‘zini nazorat;
-
Kamchiliklarni tuzatish (korreksiya);
-
Uyga vazifa berish;
-
Mashg‘ulotni yakunlash va h.k
|
| |