O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR
VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
QARSHI FILIALI
“KOMPYUTER INJINIRINGI” FAKULTETI
KI 13-22(s) GURUH TALABASINING
DASTURLASH 1
FANIDAN
Bajardi:
N.Mahamadiyev
Qabul qildi:
B.Nosirov
QARSHI-2023
Mustaqil ishi 1
Reja:
1.
Chiziqli jarayonlarni tashkil etish (Algoritm va
dastur).
2.
Tarmoqlanuvchi jarayonlarni tashkil etish (Algoritm va dastur).
3.
Takrorlanuvchi jarayonlarni tashkil etish (Algoritm va dastur).
4.
Massivlarni tashkil etish
5.
Matrisalarni tashkil etish.
6.
Xulosa
7.
Foydalanilgan Adabiyotlar
Mavzu-1: Chiziqli jarayonlarni tashkil etish (Algoritm va
dastur).
Har qanday murakkab algoritmni ham uch asosiy struktura yordamida
tasvirlash mumkin. Bular ketma-ketlik, ayri va takrorlash strukturalaridir.
Ushbu
strukturalar asosida chiziqli, tarmoqlanuvchi va takrorlanuvchi hisoblash
jarayonlarining algoritmlarini tuzish mumkin. Umuman olganda, algoritmlarni
shartli ravishda quyidagi turlarga ajratish mumkin:
- chiziqli algoritmlar;
- tarmoqlanuvchi algoritmlar;
- takrorlanuvchi algoritmlar;
- ichma-ich joylashgan takrorlanuvchi algoritmlar;
- rekurrent algoritmlar;
- takrorlanishlar soni oldindan no’malum algoritmlar;
- ketma-ket yaqinlashuvchi algoritmlar.
13
Faqat ketma-ket bajariladigan amallardan tashkil topgan algoritmlarga -
chiziqli algoritmlar deyiladi. Bunday algoritmni ifodalash uchun ketma-ketlik
strukturasi ishlatiladi. Strukturada bajariladigan amal mos keluvchi shakl bilan
ko‘rsatiladi. Chiziqli algoritmlar blok-sxemasining umumiy tuzilishi 1.4-rasmda
keltirilgan.
1-misol. Uchburchak tomonlarining uzunligi bilan berilgan. Uchburchakka
ichki r va tashqi R chizilgan aylanalar radiuslarini hisoblang.
Ichki chizilgan aylana radiusi r = (a+b+c)/2S, tashqi chizilgan aylana
radiusi R= 4S
abc
formulalar orqali hisoblanadi. Bu yerda S - uchburchakning yuzi, a,
b, c – uchburchak tomonlarining uzunliklari. Masala echimining blok-sxemasi
Chiziqli algoritmlar. Bu turdagi algoritmlarda hech qanday shart tekshirilmaydi.
Shu sababli barcha ko‘rsatmalar ketmaket bajarib boriladi. «G‘ishtlar sonini
hisob!ash», «Doira yuzini
hisoblash» algoritmlari chiziqli algoritmlarga misol bo'ladi. Le- kin
hayotimizdagi juda ko‘p jarayonlar shartlar asosida bosh- qariladi.
|