2.
Foydali qazilmalari.
Hind okeani tubi foydali
qazilm alarga juda boy. Fors qo‘ltig‘ida joylashgan
neft-
gaz havzasi dunyoga mashhur.
13.2. Iqlimi, suvlari, organik dunyosi
1. Iqlimi.
Hind okeanining iqlimi uning geografik
joylashishi bilan belgilanadi. U lkan Osiyo qit'asining
ta’sirida okeanning shimoliy
qism ida musson shamollari
vujudga keladi. Bu esa yuza suvlari harakatining doimo
o'zgarib turishiga olib keladi.
Havoning o’rtacha harorati okeanning shim oliy qismi
da yozda 25— 27°C, A frika qirg’oqlari yaqinida 23°C,
janubiy qism ida yozda subtropik kengliklarda 20— 25°C,
mo’tadil kengliklarda 5— 6°, qutbyonida 0°C dan past.
Qishda havoning harorati ekvatorda 27,5°C, okeanning
shimoliy qism ida 15°C, mo’tadil kengliklarda 0— 5°C,
qutbyonida 0°C dan past.
O ’rtcha yillik yog’in miqdori
Arabiston dengizining
sharqida va Bengaliya qo’ltig’ida 3000 mm, ekvator
yonida 2000— 3000 mm. Mo’tadil m intaqada yog’in
miqdori 1000 mm, A ntarktida atrofida 250 mm.
2. Suvlari.
Ekvatorial
m intaqada yuza suvlarining
harorati 28°C atrofida. Qizil dengizda harorat yozda
30— 31°C ga ko’tariladi.
Suvning harorati ekvatordan
janub tomon pasayib boradi va qutbyonida 0°C atrofida
bo’ladi.
Suvning sho’rligining eng yuqori miqdori Qizil den
gizda kuzatiladi (40— 41%). Bengaliya qo’ltig’ida Gang
87
va B rahm aputra daryolarining quyilishi munosabati bilan
suvning sho'rligi past va 30— 34%0 ni tashkil qiladi.
Oqim lari doimiy sham ollarning harakati va yo'na-
lishiga bog'liq. Okeanning
shimoliy qism ida musson
sham ollari ta’sirida musson oqimlari vujudga keladi.
Janubiy yarim sharda oqim lar yo'nalishi doimiy.
Fasllar bo'yicha o'zgarm aydi, ekvator yonida janubiy
passat oqimi vujudga keladi va okeanni sharqdan g'arbga
kesib o'tadi.
3.