I I QISM
CHIZMA PRIMITIVLARINI AUTOCAD
DASTURIDA MODELLASH
VI BOB. CHIZMA PRIMITIVLARNI AUTOCAD DASTURIDA
2D FORMATDA-IKKI 0 ‘LCHAMDA MODELLASH
Ma'lumki, har qanday grafik axborotlar chizma primitivlari-tar-
kibiy qismlardan, ya'ni nuqta, kesma, uchburchak, to‘rtburchak, ko‘p-
burchak, aylana, aylana yoyi, ellips va egri chiziqlar kabi oddiy geo-
metiik figuralar to‘plamidan iborat.
Chizmaning bunday elementlari-primitivlarini AutoCAD dasturining
tayyor buyruqlar pakebdan foydalanib kompyuter ekranida bajariladi.
Bu dastuming tayyor buyruqlar paketida barcha tekis va hajmli
oddiy geometrik figuralaming modeli matematik modullarda-formu-
lalarda ifodalangan bo‘ladi. Shu bois biror geometrik figurani ekranda
tasvirlash buyrug‘i yuklansa, ishga tushgan tayyor buyruqlar paketidagi
tenglamaning asosiy parametrlari so‘raladi. Zarur bo‘lgan parametrlar
kiritilishi bilan tenglama shu onda yechiladi va ekranda uning tasviri
bajariladi. Shuning uchun kompyuter ekranida bajarilgan barcha turdagi
grafik tasvirlarga modellar deb ataladi.
Endi grafik axborot-chizmalaming asosiy primitivlari-chizma
qismlarini «Черчение» panelidagi buyruqlardan foydalanib modellashni
ко‘rib chiqamiz.