|
Sof milliy mahsulot (milliy daromad)ning o‘sgan qismi investitsiyalarning o‘sgan summasiga nisbati – bu
|
bet | 5/76 | Sana | 10.06.2024 | Hajmi | 162,87 Kb. | | #262010 |
Bog'liq Aholi iste’moli va pul jamg‘armalari darajasini belgilay di29. Sof milliy mahsulot (milliy daromad)ning o‘sgan qismi investitsiyalarning o‘sgan summasiga nisbati – bu:
a) multiplikator samarasi;
b) akselerator;
c) retsession farq;
d) inflyatsion farq;
e) investitsiyalar samarasi.
30. Investitsiyalardagi o‘zgarishning multiplikatorga ko‘paytmasi nimani anglatadi?
a) SMM (milliy daromad)dagi o‘zgarishni;
b) akseleratorni;
c) multiplikator samarasini;
d) retsession farqni;
e) inflyatsion farqni.
31. Qaysi omil multiplikator samarasiga ta’sir ko‘rsatmaydi?
a) iste’mol sarflardagi o‘zgarish;
b) davlat xarididagi o‘zgarish;
c) sof eksport hajmidagi o‘zgarish;
d) investitsiyalardagi o‘zgarish;
e) pul taklifida o‘zgarish.
32. To‘liq bandlik sharoitida yalpi sarflarning SMM hajmidan kam bo‘lgan miqdori – bu:
a) inflyatsion farq;
b) retsession farq;
c) talab o‘zgaruvchanligi;
d) taklif taqchilligi;
e) talab taqchilligi.
33. Yalpi sarflarning SMM hajmidan ortiqcha bo‘lgan miqdori – bu:
a) inflyatsion farq;
b) retsession farq;
c) talab o‘zgaruvchanligi;
d) taklif taqchilligi;
e) talab taqchilligi.
2 вариант
IQTISODIY O‘SISH VA MILLIY BOYLIK
1. Agar diqqat markazida mamlakatning iqtisodiy, harbiy-siyosiy potensiali tursa, iqtisodiy o‘sish quyidagi ko‘rsatkichlar orqali o‘lchanadi:
a) o‘rtacha mehnat unumdorligining o‘sishi;
b) YAIM (YAMM), milliy daromadning o‘sish sur’ati;
c) mehnatning kapital bilan qurollanishining o‘sish sur’ati;
d) kapital qaytimining o‘sishi;
e) ishlab chiqarish omillarining o‘sish sur’ati.
2. Agar aholining turmush darajasini taqqoslash zarurati bo‘lsa, iqtisodiy o‘sish quyidagi ko‘rsatkichlar orqali aniqlanadi:
a) aholi jon boshiga yaratilgan YAIM (YAMM), milliy daromadning o‘sish sur’ati;
b) mehnatning kapital bilan qurollanishining o‘sish sur’ati;
c) kapital qaytimining o‘sish sur’ati;
d) aholi daromadlarining o‘sish sur’ati;
e) ishlab chiqarish omillarining o‘sish sur’ati.
|
| |