-ozuqaviy va boshqa antibiotiklar;
-vitaminli preparatlar;
31
Ўзг.
Вароқ
Вароқ
Хужжат
Имзо
Сана
-mikroelementlar (temir, mis, oltingugurt, kobalt, marganets, yod va b.);
-aminokislotalar (lizin, metionin);
-antioksidantlar (santoxin, diludin, butiloksitoluol-BTO);
-tinchlantiruvchi moddalar-tranivilizatorlar;
-organik kislotalar (sut, propion va b.);
-dorivor preporatlar va b.
Omuxta-yem ishlab chiqarishda mazkur xom ashyolar bilan cheklanib
bо‘lmaydi, balki yemning qimmatliligini oshirishning samarali manbaalarini izlab
topish lozim. Yem tarkibidagi donning ulushini kamaytirish va boshqa turdagi
mahsulotlar bilan boyitish muhim vazifalardan biridir.
Omixta yem ishlab chiqarish uchun shartli ravishda guruhlarga bо‘linuvchi turli xil
xom ashyolar qо‘llaniladi. Bu xomashyolarning ba’zi turlari mustaqqil xolda ozuqa
mahsulotlari sifatida ishlatiladi, omixta yem ishlab chiqarishda uning tarkibiga
ingradiyentlar kо‘rinishida kiritiladi. Korxonaga kelib tushadigan xomashyo kо‘p
xollarda ishlab chiqarish chiqindilari hisoblanadi.
Omixta yem ishlab chiqarish uchun quyidagi xomashyolar ishlatiladi:
1. Boshoqli va dukkakli ekinlar donlari, ba’zi ozuqabop о‘tlarning urug‘lari: suli,
arpa, makkajо‘xori doni va sо‘tasi, bug‘doy, javdar, tariq, chumiza, oq jо‘xori, nо‘xat,
xashaki nо‘xot, yasmiq, boblar, china, nut, xashaki nо‘xot urug‘lari, alkaloidsiz lyupin
va boshqalar.
2. Tegirmon va yorma zavodlaridan chiqadigan chiqindilar: bug‘doy va javdar
kepaklari, bug‘doy, arpa, suli, makkajо‘xori, guruch, tariq, nо‘xat, javdar, grechixalarga
ishlov berganda ajraladigan ozuqa unlari; bug‘doy, javdar, nо‘xat oqshoqlari; oq va
kulrang tegirmon changlari; makkajо‘xori, bug‘doy, sholi kurtaklari; tarkibida 60%
gacha foydali don saqlagan donli chiqindilar.
3. Moy ishlab chiqarish zavodlarining chiqindilari-shrot va kunjara: kungaboqar
paxta chigiti, soya, zig‘ir, yeryong‘oq, kanop, kunjut, kariadr, kanakunjut va boshqalar.
4. Shakar ishlab chiqarish korxonalarining chiqindilari: lavlagining quritilgan
turipi, melassa.
|