|
Proteus muhitida loyihani yeg’ish
|
bet | 4/6 | Sana | 07.01.2024 | Hajmi | 2,61 Mb. | | #131439 |
Bog'liq Ibrohimov Sh Individual loyha4. Proteus muhitida loyihani yeg’ish
“Proteus 8 Professional” muhitiga kiramiz va undan quyidagi IS-IS tugmachasini bosish orqali yangi oynaga o’tamiz.
4-rasm. “Proteus 8 Professional” muhiti
5-rasm. IS-IS maydoni
Yangi oyna ochganimizdan so’ng 5-rasmda ko’rsatilganidek “P” tugmasini bosamiz va qurilmamiz uchun kerakli bo’lgan komponentalarni markalarini yozish orqali tanlab olamiz va maydonga o’rnatamiz.
Qurilmamiz uchun bizga ATMEGA32 MK, LM016L display, 2ta TORCH_LDR fotorezistor, 2 ta 10WATT1K resistor, MINRES10K resistor, 3313S-1-100E resistor, CRYSTAL, AUDIO10U kondensator, 2 ta POLYPRO22P kondensator, 4 ta POWER va GROUND elementlari kerak bo’ladi.
6-rasm. Qurilmani proteus 8 muhitida yig’ilgan sxemasi
Sxema tayyor bo’lgandan so’ng uni ishga tushirish uchun “Atmel Studio 7” muhitida yozilgan programmaning *.hex formatidan foydalanamiz. Buning uchun ATMEGA32 mikroprotsessorining ustiga sichqonchaning chap tugmasini ikki marta bosamiz va ekranda quidagi panel hosil bo’ladi:
7-rasm. Edit Component paneli
. Undan “Program File” bo’limini tanlab Atmel Studio 7 da yozilgan programmaning *.hex formatini turgan o’rnini ko’rsatamiz.
Qurilmani ishga tushirishdan oldin, Atmel studio 7 muhitida qanday qilib kod yozilishi to’g’risida biroz ma’lumot beraman.
Quyida Atmel Studio 7 muhitining ishga tushirgadagi holati va undan qanday qilib yangi proyekt ochish ko’rsatilgan:
8-rasm. Atmel Studio 7 ni ishga tushirgandagi holat
9-rasm. Dasturlash tilini tanlash
Yangi proyekt ochish paytida 9-rasmdagidek panel hosil bo’ladi, biz undan C++ muhiti tanlanaymiz va proyektimizni o’zimiz hohlagandek nomlaymiz.
Keyingi navbatda esa biz qaysi qurilma uchun dastur yozayotgan bo’lsak o’sha qurilmani tanlab, ok tugmasi bosamiz. Bu yerda ATMEGA32 qurilmasi tanlangan:
10-rasm. Dastur yozish uchun kerakli qurilmani tanlash
11-rasm. Dastur yozish uchun tanlangan maydon
11-rasmda ko’rinib turganidek biz dastur yozish uchun maydonni tanladik, keying navbatta dasturimizni yozamiz va uni ishga tushiramiz:
12-rasm. Dasturni ishga tushirish
Buning uchun 12-rasmdagidek build menusidan compile qatorini bosamiz va ekranda quidagidek manzara hosil bo’ladi:
13-rasm. Dastur muvaffaqqiyatli ishga tushdi
|
| |