soyalami yasash ham nazarda tutilgan. Chizmachilik kursi esa: geometrik
chizmachilik, proyeksion chizmachilik, mashinasozlik chizmachiligi,
topografik va qurilish chizmachiligidan iborat.
Perspektiva bo ‘yicha birinchi bo‘lib dotsent Ikrom Rahmonov 1973
va 1993 (ikkinchi to‘ldirilgan nashri) - yillarda «Perspektiva» nomli o ‘quv
qoMlanmani 1984-yili «Chizma geometriya kursi» darsligini yaratdi.
Texnika fanlari nomzodi professor Sh.K.Murodov boshchiligidagi bir
gum h olimlar tomonidan yozilgan «Chizma geometriya kursi» (1988)
darsligi 0 ‘zbekistonda ushbu fan bo ‘yicha yozilgan eng salmoqli o ‘quv
adabiyoti sifatida tan olinadi.
Yana o ‘zbekistonlik olimlardan professorlar J. Yodgorov, R. Ismatul-
layev, L. Xakimov, T. Azizov, D. Q o‘chqorova, E. Ro‘ziyev, TDPU profes-
sori T. Rixsiboyev, dotsentlar E. Sobitov, P. Adilov, Sh. Abdurahmonov,
A. Abdurahmonov, R. Sindarov, A. Ashirboyev, A. Valiyev, N. Yodgorov
va boshqalar bu sohadagi ilmiy faoliyatlari bilan fan rivojiga o ‘z hissala-
rini qo ‘shib kelmoqdalar.
M azkur darslikda grafikaning chizmachilik kursi bayon etiladi.