45
yoyilgan yorug’lik intensivligining standart zolda yoyilgan intensivligi bilan
solishtirib ko‘rishga asoslangan.
Ul’tramikroskopiya yordamida ma`lum hajmdagi zarrachalarning soni
hisoblab topiladi, lekin zarrachaning shakl va o‘lchamlarini bevosita aniqlab
bo‘lmaydi.
Bu usulda zarrachaning shaklini aniqlasa bo‘ladi, masalan: kolloid
zarrachalar tayoqcha shakliga ega bo‘lsa ul’tramikroskopiyada ko‘radigan
yorug’ nuqtalarning ravshanligi o‘zgarib turadi.
Kolloid zarrachalar shaklini elektromikroskop yordamida aniq ko‘rish
mumkin. Bu asbobdan foydalanib kolloid zarrachalarni va hatto polimer
molekulalarini, 0,5–1nm kattalikdagi zarrachalarni ko‘rish mumkin. Kolloid
zarrachalarning ichki sferasi va uning turli jarayonlar vaqtidagi o‘zgarishi
rentgenografiya va elektronografiya usullarida aniqlanadi. Rentgenografiya
usulida kolloid zarrachani ichki tuzilishi haqida ma`lumot olish mumkin. Bu
usulda turli kolloidlarning ko‘pchiligi kristall tuzilishga ega ekanligi aniqlandi.
Kolloid sistemalarda dispers faza sirtini tekshirishda elektronografiya usulidan
foydalaniladi. Bu usulda sirt qatlamda turuvchi atomlararo masofalarni bevosita
aniqlash mumkin va ayniqsa adsorbsion qavatlarni puxta o‘rganish mumkin.