221
transformatorlarda keng tarqalgan. Eng keng tarqalgan chulg’am g’altakli
chulg’am bo’lib u ikkita–uchta paralel o’tkazgichlardan iborat. Har bir g’altak
o’nlab o’ramlardan iborat. G’altaklar orasida sovituvchi va izolyatsiyalovchi moy
kanallari bajarilgan. G’altaklar aro o’tish navbatma-navbat chulg’amning ichki va
tashqi tomonlarida joylashadi, bu chulg’amni yig’ish paytida amalga oshiriladi.
Transformotorning
izolyatsiyasi
ichki
(bakdagi)
va
tashqi
(transformotorning kirishlari orasidagi, kirish bilan bak orasidagi havo oralig’i)
izolyatsiyalariga bo’linadi. Ayniqsa ichki izolyatsiya alohida ajralib turadi.
Chulg’am izolyatsiyasi esa bosh va bo’ylama izolyatsiyaga bo’linadi. Bosh
izolyatsiyaga chulg’amning zaminlangan qismga va boshqa chulg’amlarga
nisbatan izolyatsiyasi kiradi. Bo’ylama izolyatsiyaga bir chulg’amdagi
qismlarining o’zaro, o’ramlar, chulg’amlar qatlamlar va boshqa elementlar
orasidagi izolyatsiyalar kiradi. Bu ikkala izolyatsiya uchun ham izolyatsiyalovchi
material rolini transformator moyi va u bilan birgalikda
kattiq dielektriklar
(elektrokarton, qog’oz, bakelit va o’rov o’tkazgichlarining ip gazlama izolyatsiya
bajaradi).
Transformatorlarning kirishlari doimo qattiq va suyuq dielektriklar
kombinatsiyasida iborat. Uning ustunligi o’tuvchi izolyatorlarni qaragani-mizda
keng yoritilgan. Transformatorlar izolyatsiyasida moyga
joylashtiril-gan uch xil
asosiy qattiq dielektriklar (qoplanish, izolyatsiyalash va bulgichlar (to’siqlar))
qo’llaniladi.
Q
oplanish – nisbatan yupqa (1- 2 mm dan katta bo’lmagan) qattiq
izolyatsiyalovchi materialdan (ko’pincha qog’ozdan yoki izolyatsiyalovchi
lokdan) iborat bo’lib, elektrodga jips joylashishidan
maydon kuchlanganligi
nisbatan sezilarli darajada o’zgarmaydi. Bu tadbir sanoat chastotasida ayniqsa
transformator moyining namlanganida va ip tola bilan ifloslanganida effektli
hisoblanadi. Transformotor moyning elektrik
mustahkamligi pasayganida
qoplanishning ta’siri 5.4- rasmda ilyustratsiya qilingan. Bu grafikdagi egri
chiziqlardan qoplanish ayniqsa kuchsiz bir jinsli bo’magan maydonlarda sezilarli
222
bo’lishini ko’ramiz. Chunki, bunda elektrodlar ustining
qoplanishi natijasida
uning ustida zarrachalar to’planishi va o’tkazuvchan qatlamning paydo bo’lish
extimoli kamayib ketadi. O’tkazuvchi zarrachalar qoplangan elektrod ustida
ushlanib qolmasdan moyga cho’kib, uning tagida cho’kma hosil qiladi – moy
yuzasida o’tkazuvchan ko’prik paydo bo’lmaydi (5.4- rasm).
5.4- rasm. Sanoat chastotasida elektrodlarni yupqa qatlamli dielektrik bilan
qoplanishining ta’siri. Elektrodlar parallel:
1 – diametri 3 mm qolamasiz; 2 – diametri 10 mm qoplamasiz; 3 - diametri 3 mm ikki
qavvatli kabel qog’ozi yasalgan qoplama o’rnatilgan; 4 – diametri 10 ikki qavatli kabelь
qog’ozidan yasalgan qoplama o’rnatilgan. Moyni norma bo’yicha elektrik mustahkamligi 26 – 28
kV
ta’sir et
2,5/mm