Yuqori kuchlanish texnikasi




Download 6,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/152
Sana21.02.2024
Hajmi6,12 Mb.
#160215
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   152
Bog'liq
YUQORI KUCHLANISH TEXNIKASI

H
a
v
o
nin
g
 a
bs
o
ly
ut 
na
mli
g
i, 
 g
/m
3
 


135 
Ekspluatatsiya sharoitida elektr qurilmalarining tashqi izolyatsiyasidagi 
elektr maydonini rostlashdan maqsad elektrodlar orasida iloji boricha bir jinsli 
maydonni hosil qilish. Maydoni tekislash (bir jinsliga keltirish ekranlar va 
to’siqlar orqali amalga oshiriladi. Elektr maydoni qancha tekis bo’lsa elektrodlar 
oralig’ining elektrik mustaxkaligi shuncha yuqori bo’ladi va elektr qurilmalar 
elementlarida tojlanish razryadini bartaraf etadi. 
Ekranyi qo’llash bilan elektrodlarning egrilik radiusi kattalashtiriladi va bu 
esa o’z navbatida havo oralig’ining razryadlanish kuchlanishini oshiradi. Odiy 
holatda oraliqning elektrik mustahkam-ligidan kelib chiqib sterjenь ko’rinishidagi 
elektrodning uchida u yoki bu diametrdagi shar o’rnatiladi. Agar uzunligi 100 sm 
bo’lgan «sterjenь – tekislik» oraliqdagi sterjenь o’rniga diametri 75 sm bo’lgan 
shar o’rnatil-sa, u holda oraliqning razryadlanish kuchlanishini ikki martagacha 
oshirish mumkin (3.15- rasm). 
Ma’lumki, yopiq va ochiq taqsimlovchi qurilmalarda qo’llaniladigan sterjen 
– tayanch izolyatorlari ularda shinalarni yoki kontakt detallarini mahkamlash 
uchun qo’llaniladi. Ichki o’rnatiladigan izolyatorlar konstruktiv jihatdan chinni 
gavdaga ichki metal detallar bilan mahkamlanadigan armirovka qilingan. Bu 
izolyatorlarda qo’llanilgan armaturalar bir vaqtning o’zida ichki ekran vazifasini 
bajaradi. Ichki ekran razryadlanish kuchlanishini sezilarli darrajada kupaytiradi. 
3.16-rasmda bakalizlangan qog’ozdan yasalgan ichki ekranli tsilindrik 
izolyatorning uzunligi bo’yicha kuchlanishning taqsimlanishi keltirilgan. Ichki 
ekranning o’rnatilishi yuqorigi elektroda elektr maydon kuchlanganligini sezilarli 
darajada pasayishini beradi. Buning ta’sirida bunday izolyatorlarning qoplanish 
kuchlanishi 15%gacha oshadi.


136 
3.15- rasm. Razryadlanish kuchlanishining «shar – tekislik» elektrod-lari orasidagi havo 
oralig’ining uzunligiga bog’liqligi: 1 – shar diametri 100 sm; 2 – 75 sm; 3 – 50 sm; 4- 25 sm; 5 – 
12.5 sm; 6 - «sterjenь – tekislik» oralig’i. 
3.16- rasm. Bakalizlangan qog’ozdan tayyorlangan tayanch izolyatorning balandligi bo’yicha 
kuchlanishning taqsimlanishi: ichki ekranli (1) va ekransiz (2) 
110 kV va undan yuqori nominal kuchlanishlarda tayanch izolyatorlaridan 
izolyatorlar ustuni tayyorlanadi. 35 kV va undan yuqori kuchlanishli elektr uzatish 
liniyalarida osma izolyatorlardan yasalgan izolyatorlar shodasi qo’llaniladi. 
O’zgaruvchan va impuls kuchlanishlari izolyatorlar shodasi va izolyatorlar ustuni 
bo’yicha notekis taqsimlanadi. Notekis taqsimlanish shodadagi va ustundagi 
izolyatorlar soniga bog’liq. Tajriba shuni ko’rsatadiki shodadagi va ustundagi 
izolyatorlar soni qancha ko’p bo’lsa kuchlanish shuncha notekis taqsimlanadi. 

Download 6,12 Mb.
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   152




Download 6,12 Mb.
Pdf ko'rish