103
va po’lat qo’llaniladi. Farfor izolyator devorining qalinligi oshishi bilan uning
xarakteristikasi xam yomonlashadi, ya’ni uning teshilish elektr maydon
kuchlanganligi gradienti kamayadi. Qalinligi 1,5 mm elektrotexnik chinni
namunaning elektrik mustahkamligi 22
28 kV/mm ga teng. Izolyatorlarda elektr
maydon bir jinsli bo’magan, shuning uchun chinnining o’rtacha elektrik
mustahkamligi yanada pasayadi. Buning tasdig’i sifatida 3.3- rasmda bir jinsli
bo’magan maydonda o’zgaruvchan kuchlanishda chinni namunaning o’rtacha
elektrik mustahkamligining chinining qalinligiga bog’liqligi keltirilgan. Impuls
kuchlanishlarda esa chinnining elektrik mustahkamligi sanoat chastotasidagidan
50-70% ga yuqori bo’ladi.
3.3- rasm. CHinnining 50 Gts chastotali o’zgaruvchan kuchlanishli bir jinsli bo’magan
maydonda hisobiy elektrik mustahkamligi
Chinnining mexanik mustahkamligi deformatsiyaning turiga bog’liq. Chinni
siqilishga yaxshi chidasa, egilishga yomon chidaydi. Sirlangan chinni izolyator
namunasining 2-3 sm qalinlikdagisi 4500 kG/sm
2
siqish kuchiga chidasa ,
cho’zishish va tortishga esa 700 - 300 kg/sm
2
ga chidaydi. Chinni izolyatorning