72
undan kam vaqti ichida razryadlanish kuchlanishi ko’payib boradi. Buning sababi
bunday oraliqlarda razryadlanish kuchlanishning boshlang’ich qiymatida juda kam
vaqt ichida shakllanish bilan bog’liq. Volt–sekund harakteristikasining qayd
etilgan xususiyati shar–shar elektrodlar orasidagi masofa ularning radiuslaridan
kichik bo’lganda oraliqni amalda bir jinsli maydon hosil qiladigan oraliq
ko’rinishida qarash imkonini beradi.
Keskin bir jinsli bo’magan maydonli oraliqning volt–sekund harakteris-
tikasi (2.7- rasm, egri chiziq 2) etarlicha katta egrilikka ega, chunki bunday
oraliqlarda shakllanish vaqti qo’yilgan kuchlanishga bog’liq holda keskin
o’zgaruvchan bo’ladi. Bunday oraliqlar uchun chaqmoqli impulslarda
razryadlanish kuchlanishi
U
50 Gts chastotada o’zgaruvchan kuchlanishga
qaraganda juda katta qiymatga ega. Razryadanish kuchlanishning bu kuchlanishga
nisbati impuls koeffitsienti deb yuritiladi: