34
1.4- rasm. Gazdagi tokning elektrodlar orasiga qo’yilgan kuchlanishga bog’liqligi.
Ionlanish jarayonida paydo bo’lgan elektronlar erkin holatda qolishi yoki
neytral atomlar bilan qo’shilib manfiy ion hosil qilishi mumkin. Manfiy ionning
paydo bo’lishi gaz atomining tuzilishiga bog’liqdir. Musbat ion erkin elektron
yoki manfiy ion bilan to’qnashganda rekombina-tsiyalashishi natijasida olingan
energiya hisobiga o’zidan ma’lum chastota va to’lqin uzunlikdagi nur tarqatadi.
Nurlanish chastotasi quyidagicha aniqlanadi:
h
= W
I
+
W
k
Bu yerda
W
k
-to’qnashuvda qatnashayotgan zarachalarning to’qnashuvdan oldingi
va keyingi kinetik energiyalarining farqi.
h – Plank doimiysi va u 6,6 x10
-27
ergsek ga teng.
Gazlarda ionlanish jarayonining quyidagi turlari mavjud:
- zarbaviy ionlanish;
- hajmda fotoionlanish;
- termik ionlanish;
- elektrodlar sirtida ionlanish.