356
qushimcha tokning oqishiga sabab bo’ladi, chunki bu tok ishchi gradientda
oqayotgan tokga nisbatan ko’p karra oshib ketishi mumkin. Oshirilgan tok uzoq
vaqt ho’llanggan varistor orqali oqqanda ularda kuchlanish tushishining oshishiga,
aktiv tokning oshishiga va uning oqibatida issiqliq balansining buzilishiga,
varistorlarning o’ta qizishiga, muddatdan oldin emirilib buzilishiga olib keladi.
O’takuchlanishlarda varistor orqali o’tayotgan aktiv tok uning sig’imiy
tokidan ko’p marta oshib ketadi. Bu esa kuchlanishning varistor kolonkasi bo’ylab
notekis taqsimlanishini bartaraf etadi. Shuning uchun NO’KCHning parametrlarini
o’takuchlanishni chegaralash shartidan kelib chiqib tanlashda, kuchlanishning
varistorlar kolonkasi bo’ylab kuchlanish taqsimlanishining buzilishini hisobga
olmasa ham bo’ladi. Ammo bunda qo’shimcha muammo paydo bo’ladi. Varistor
orqali oshirilgan (yuz va ming Ampergacha ichki o’takuchlanishda, unlab
kiloamper atmosfera o’takuchlanishida) tokning oqib o’tishi uning issiqliq
balansini buzadi, chunki varistorlarda ajralayotgan va yig’ilayotgan issiqliq atrof
muhitga sochilishga ulgura olmaydi. SHuning uchun varistorlar kolonkasi
etarlicha energiya sig’imga ega bo’lishi kerak. Varistorlar kolonkasiga
o’takuchlanishning ta’siri tugallangandan keyin sekinlik bilan issiqliq balansini
tiklashi va NO’KCHning shikastlanishisiz ishlashini davom ettirishi kerak.
O’takuchlanishdan chegaralagichning energiya sig’imini quyidagi formula
yordamida hisoblaymiz: