293
8.
Havo liniyalarida izolyatsiyaning tayanchdan o’tkazgichga
tomon
yo’nalishda teskari qoplanishi qanday holatlarda yuzaga kelishi mumkin?
7.6. Elektr sistemalarida ichki o’takuchlanishlar
Nominal kuchlanishning o’sishi va HEULning uzunligining oshishi, va shu
bilan birga atmosfera o’takuchlanishini chegaralashda erishilgan yutuqlar shunga
olib keldiki, hozirgi vaqtda elementlar izolyatsiyasining sathini o’rnatishda
ichki
o’takuchlanish katta rolь o’ynaydi. Ichki o’takuch-lanishni tekshirishni ikkita
guruhga bo’lib o’rganamiz:
Yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari tebranuvchanlik
xususiyatiga ega,
chunki uning tarkibida jamlangan va tarqalgan sig’imlar va induktivliklar mavjud.
Normal rejimda aktiv quvvatni uzatishda bu xususiyat o’zini sezdirmaydi. Elektr
tarmog’ining reaktiv elementlarida mujjasamlangan elektr
va magnit energiyalari
tebranishning asosiy sabablaridan biri hisoblanadi. Kommutatsiya izolyatsiyaning
qoplanishiga olib keladigan o’takuchlanish bilan tugallanadigan o’tkinchi
jarayonga olib kelishi mumkin. Bunday kommutatsiyalarga birinchi navbatda
yuklanmagan liniyani o’chirishda o’chirgichda
yoyning takroriy yonishi,
generatorlarning asinxron yurishida liniyani o’chirish, avtomatik qayta ulash
(AQU) va boshqalar kiradi.
Kommutatsiya paytida sodir bo’ladigan o’takuchlanishni –
kommutatsiya
o’takuchlanishi deb nomlash qabul qilingan.