“Yashil iqtisodiyot sari: nazariy va amaliy yondashuvlar tahlili”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
234
Ikkinchidan, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish zarur. Ekologiya huquqida
oqilona deganda, tabiiy resurslardan ekologik normativ va standartlarga qat’iy rioya
etgan holda foydalanish tushuniladi.
Uchinchidan, tabiat ob’yektlari va resurslari davlat tomonidan qoʻriqlanadi. Bu
davlat tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va muhofaza qilishni ta’minlashini
hamda jismoniy va yuridik shaxslarning ekologik huquq va manfaatlariga,
shuningdek ekologik huquq-tartibotga rioya etilishini kafolatlashini anglatadi.
Yuqorida koʻrganigizdek barcha qonun va qoidalar bizning konstitutsiyamizda
toʻgʻri va tushunarli keltirib oʻtilgan boʻlib, xozirgi kunda bularning barchasi oʻz
aksini topmoqda. Yaratilgan qonunlarning barchasi amaliyotda qoʻllanilmoqda va
davlat Ekologiya qoʻmitasi tarkibidagi bioxilmaxillik va muhofaza etiladigan tabiiy
hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishni nazorat qilish inspektsiyasi va
chiqindilarning hosil boʻlishi, toʻplanishi, saqlanishi, tashilishi, utilizatsiya qilinishi,
qayta
ishlanishi, koʻmilishini nazorat qilish inspektsiyasi negizida koʻrib chiqilib
zarur choralar koʻrib kelinmoqda. Biz atrof-muhitga va inson salomatligiga jiddiy
zarar yetkazadigan atrof-muhitga ta’sirini tavsiflash bilan
boshlashimiz kerak edi
aslida.
Energetika sohasida ― “Yashil” iqtisodiyot, issiqxona gazlarining ishlab
chiqarishini
kuchaytirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish, va
energiya samaradorligini oshirishga qaratilgan. Bu, ekologik inqirozlarni
kamaytirish va tabiiy resurslarni saqlashga yordam beradi.
Elektr energiyasi ishlab chiqarish manbalariga koʻra
energetika sanoati uch
turga boʻlinadi: issiqlik, gidro va atom energetika tarmoqlaridir. Mamlakatimiz
energetika tizimining umumiy quvvati 11,3 million kilovatt boʻlgan 37 ta issiqlik va
gidravlik elektr stansiyalaridan iborat. Oʻzbekistonda ishlab chiqarilayotgan elektr
energiyasining 85 foizini IES lar beradi. Aksariyat IES
larda elektr energiya va
issiqlik energiyasi (bugʻ) ishlab chiqariladi. Bunday IES larni TES (IEM) issiqlik
elektr markazlari deyiladi. Issiqlik energiyasini 20 kilometrdan uzoq masofaga
uzatish qiyinligi uchun TES lar foydalanuvchilarga yaqin joylarda shaharlarda, yirik
zavodlar yaqinida quriladi. Ularda elektr energiya ishlab
chiqarish vaqtida isigan
suvni ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun yuboriladi. Oʻzbekiston togʻ daryolari
gidroresurslarga boy boʻlib, GES lar, gidrouzellar (suv taqsimlagich), elektr
energiya
ishlab chiqarish, xoʻjaliklarni suv bilan ta’minlash, baliqchilikni
rivojlantirish masalalarini kompleks hal qiladi.
Sanoat tarmoqlarida ― “Yashil” iqtisodiyot, sanoat
tarmoqlarini energiya
samaradorligini oshirish va atrof muhitni saqlashga yoʻnaltirishga yoʻnaltiradi. Bu,
zamonaviy texnologiyalarni qoʻllash, qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash, va
energiya sarfi hajmini kamaytirishga qaratilgan.
Hozirgi vaqtda sanoat ekologiyasi odatda insonning “oʻz uyi” - biosfera, uning
xususiyatlari, inson va butun insoniyat jamiyati bilan oʻzaro munosabati va oʻzaro
munosabati haqidagi fan deb ataladi. Darhaqiqat, sanoat ekologiyasi butun insoniyat
uchun nafaqat fan, balki fikrlash va xulq-atvor uslubiga aylandi va hanuzgacha
davom etib kelmoqda. Sanoat ekologiyasi sivilizatsion
nuqtai nazardan
insonparvarlik, jumladan ma’naviyat, inson va tabiatning birligini anglash, yuksak