bo‘lgan zo‘r ishtiyoqi tufayli arab tili va adabiyoti, diniy ilmlar va xattotlikni puxta
egallaydi.
Uning buyuk olim bo‘lib yetishishida ustozlarining ham hissasi beqiyos.
Xususan, Abu Mudar ibn Jarir ad-Dabbiy al-Isfahoniydan til, lug‘at va adabiyotdan
ta’lim olgan. Bag‘dodda shayxulislom Abu Mansur Nasr al-Xorisiy, Abu Soad ash-
Shaqqoniy, Abu Xattob ibn Abul Batarlardan hadis ilmini o‘rgangan bo‘lsa,
Makkada nahv va fiqh bo‘yicha Abu Bakr Abdulloh
ibn Talxat al-Yabiriy al-
Andalusiy, shayx as-Sadid al-Xayyatiylardan saboq olgan. Lug‘at ilmini esa Abu
Mansur Mavhub abn al-Xodar al-Javoliqiy kabi mashhur olimlardan o‘rgangan.
Olim ko‘p asarlarini Makkadaligida yozgan. Hayotida chuqur iz qoldirgan
bu zaminda Zamaxshariy besh yilga yaqin yashagan. Allomaning Jorulloh (Alloh
qo‘shnisi) degan sharafli ta’rifga sazovor bo‘lishi shundan. Islom olamida yirik olim
darajasiga ko‘tarilgan
Zamaxshariyning Xorazmda ham, Sharqning boshqa
shaharlarida ham juda ko‘p shogirdlari bo‘lgan. U qarindosh-urug‘larining qiyin-
qistovlariga qaramasdan, uylanmagan. Buyuk alloma hijriy 538 yilda arafa kechasi
(1144 yil 14 aprel) Xorazmda vafot etgan.
Zamaxshariy
arab tili grammatikasi, lug‘atshunoslik, adabiyot, aruz ilmi,
jo‘g‘rofiya, tafsir, hadis va fiqhga oid 50 dan ortiq asarlar yozgan. Jumladan, uning
«Mufassal» asari arab tili grammatikasiga oid kitob bo‘lib,
nafaqat Sharq, balki
G‘arbda ham juda mashhur edi. Aynan shu asar tufayli olimlar: «Agar shu turk
(Zamaxshariy) bo‘lmaganida edi, arablar o‘z tillari nahvi (grammatika)ni unutib
yuborgan bo‘lardi», deb aytishgan.
Olimning «Muqaddamul adab»
asari tilshunoslikka, «Asosul balog‘at»
kitobi nutq madaniyatiga, «Atvoquz zahab fil Mavoiz val xutab» risolasi
didaktikaga, «Rabiul abror va nususul axyor»i adabiyot, tarixga bag‘ishlangan.
Zamaxshariyning «Al-Kashshof an haqoiqit tanzil va uyunil aqovil fi vujuhit
ta’vil» asarini alohida tilga olmaslikning iloji yo‘q. Asar Qur’onning sharhi, ya’ni
tafsirdir. Asarning yozilish
turi murakkabligiga qaramay, butun jahonda katta
shuhrat qozongan. Hatto shu kunlarda ham Qohiradagi «Al-Azhar» universiteti
talabalari «Al-Kashshof»ni alohida o‘quv kursida o‘rganadilar.
Chuqur bilimi,
zukkoligi va boshqa sifatlari tufayli alloma «Arab va ajam ustozi», «Xorazm faxri»
deya tilga olinadi.
Xorazm viloyati Mahmud Zamaxshariy nomidagi Xorazm viloyat Axborot
- Kutubxona Markazi haqida ma’lumot