XALQARO ONLAYN ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA MATERILLARI TO‘PLAMI
93
Idrok. Bu sensorli ma’lumotlarni qabul qilish, tashkil etish, birlashtirish va talqin qilish haqida.
Bu yangi ma’lumotni o‘rganishga imkon berish uchun avvalgi tajribaning "ma’lumotlar bazasi" bilan
solishtirish va uni yanada murakkab shakllantirishni nazarda tutadigan jarayon.
Aql. Bu katta hajmdagi ma’lumotni qulay, tezkor va aniq usulda qayta ishlash, muayyan
muammolarni hal qilish yoki mavhum bilimlarni shakllantirish qobiliyatini anglatadi, bu keyinchalik
muammolarni yanada samarali taxmin qilish yoki hal qilishga imkon beradi. Ushbu samaradorlik
vaziyatlarga duch kelish va maqsadlarga erishish uchun mavjud vositalardan foydalanish qobiliyatiga
bog‘liq.
Kognitiv bu – bilish, tekshirish, ishonch, fikrlash qobiliyati, o‘rganish, bilimni saqlash
qobiliyatlarini aniqlash degan ma’nolarni anglatadi.
Ta’lim sifatini oshirish, ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari, darslik va qo‘llanmalarni
takomillashtirish, ilg‘or pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish
masalalariga alohida e’tibor qaratilayotgan bir paytda maktab ustaxonalari va pazandachilik,
tikuvchilik xonalarini jihozlanishiga ko‘pchilik rahbarlar panja orasidan qarashadi. Qishloq-tuman
maktablarining ayrimlarida ustaxona va tikuvchilik, pazandachilik xonalarining jihozlanishi achinarli
holatda. Amaliy mashg‘ulotlarni o‘tishda bu kabi mashg‘ulotlar o‘qituvchilarga ko‘plab qiyinchiliklar
tug‘diradi. Bunday holatlarni oldini olish va bartaraf etishning ayni payti. Texnologiya fani
o‘qituvchilarini eng quvontirgan hol bu 2019 – 2020-yil o‘quv yilidan barcha sinflar darslik bilan
ta’minlangani bo‘ldi.
Xalq ta’limi vazirligi tomonidan yaqin kelajakda o‘quvchilarni kasbiy ta’limga yo‘naltirish
maqsadida esa super ustaxonalar, bolalar texnoparklari va boshqa zamonaviy parklar ochish ko‘zda
tutilmoqda.
|