TMK – xalqaro tadbirkorlikning eng samarali shakli




Download 1,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/101
Sana18.01.2024
Hajmi1,44 Mb.
#140301
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   101
Bog'liq
Назарова Г Г ва бош Халқаро менежмент Т 2011 Дарслик Лотин 1

3.2. TMK – xalqaro tadbirkorlikning eng samarali shakli 
 
TMKlar 
zamonaviy 
jahon 
iqtisodiyotining 
eng 
dinamik 
sub’yektlaridan biri bo’lib, paydo bo’lish davridan beri jiddiy taraqqiy 
etdi. 
Ular 
“kolonial-xomashyo” 
TMKlardan 
boshlab 
global 
kompaniyalargacha rivojlanib bordi. TMKlarning evolyutsiyasi ularning 
son va sifat jihatidan o’sishi bilan birga rivojlanib bordi. 30-yillarda 
ularning soni 300 ta bo’lgan bo’lsa, XXI asr boshida 82 mingtaga yetdi
1
.
80-yillarda yetakchi TMKlar global kompaniyalarga (to’rtinchi avlod 
TMKlarga) aylandi. Global korporatsiyalar innovatsion dinamizm, ichki 
korporativ tuzilmaning muntazam takomillashtirib borilishi, yangi faoliyat 
sohalari va yo’nalishlarini faol izlash bilan xarakterlanadi. XXI asr 
boshlarida 
global 
korporatsiyalar 
orasida 
xalqaro 
ilmiy-tadqiqot 
tashkilotlari va ayrim mutaxassislar juda katta korporatsiyalarni (JKK) 
alohida ajrata boshladilar. Ayrim ma’lumotlarga ko’ra ularning soni 800 
tani tashkil etadi. Ushbu kompaniyalar o’z qo’lida zamonaviy moliyaviy-
sanoat, texnologik, intellektual kapital qudratini jamlab olgan. JKK “jahon 
iqtisodiyotining pirovard tuzilmaviy kuchlarini va globallashuvning real 
omillarini» ifodalaydi. 
Iqtisodiyot globallashuvining muhim tashkiliy elementi bo’lib 
TMKlarning turli shakllardagi qo’shilishlari va qo’shib olishlari (inglizcha 
Mergers and acquisitions - M&As), ularning xalqaro kelishuvlari (ya’ni 
1
UNCTAD World Investment Report -2009. 


51 
strategik alyanslari) namoyon bo’lmoqda. Bu jarayon kompaniyalar 
o’rtasidagi kuchlarning taqsimlanishini o’zgartirib yubormoqda. Natijada 
ta’sir ko’rsatish hududlarini birgalikda bo’lib olish boshlanmoqda, 
birgalikda iqtisodiy nazorat sohasi kengaymoqda, kompaniyalar salohiyati 
birlashtirilmoqda. 
TMKlar ishtirokida qo’shilishlar va qo’shib olinishlar shaklida 
kapitalning xalqaro birlashish (konsolidatsiyasi) jarayoni XX – XXI asrlar 
bo’sag’asida jahon iqtisodiyotining transmilliylashuvi va globallashuviga 
ta’sir ko’rsatuvchi muhim omilga aylandi. XX asr boshidan beri ro’y bergan 
qo’shilishlar va qo’shib olishlarning besh “to’lqini”ga globallashib 
borayotgan iqtisodiyotning mazmun-mohiyatini aks ettiruvchi ularning 
oltinchi “to’lqini” qo’shildi. Oltinchi «to’lqin» XXI asrning ilk yillaridagi 
jahon iqtisodiyotining pasayishidan va AQShda fond birjalari faoliyati 
inqirozidan so’ng 2003 yilda boshlangan deyish mumkin. 2007 yilda 
jahonda qo’shilishlar va qo’shib olishlarning hajmi rekord ko’rsatkichga - 
4,74 trln. doll.ga yetib, 2000 yil darajasiga nisbatan 3,4 trln. doll.ga 
ko’paydi.
1
2008 yilda boshlangan jahon moliviy-iqtisodiy inqirozi tufayli 
ularning soni jidddiy kamaydi (3.1-jadval). 

Download 1,44 Mb.
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   101




Download 1,44 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 TMK – xalqaro tadbirkorlikning eng samarali shakli

Download 1,44 Mb.
Pdf ko'rish