muloqotda boTishi imkoni;
- loyihalovchi so'roviga tizim reaksiyasi vaqtining loyihalovchi
uchun ma’qul darajada bo‘lishi;
- TVRni o‘zlashtirish, ekspluatatsiya qilish va unga xizmat
ko‘rsatish osonligi;
- rekonfiguratsiya va yanada rivojlantirish uchun TVK ochiqligi;
- loyilialanayotgan obyekt haqida kiruvchi va chiquvchi grafik
informatsiyadan keng foydalanish;
- loyihalashning har xil darajalari orasida informatsion aloqani
ta’minlashi kerak.
Kompyuterli loyihalash loyihalovchi bilan apparat-dasturiy vositalari
orasida funksiyalaming ratsional taqsimlanishida amalga oshadi. Bu
taqsimlanish kompyuterli loyihalashning hamma turdagi ta’minoti
rivojining darajasiga bogiiq. Hozirgi paytda texnikaviy vositalar tez
rivojlanayotganligi
sababli,
apparat
vositalari
yechadigan
avtomatlashtirilgan loyihalash masalalari hajmi ortishi tendensiyasi
mavjud.
3.1.2.
Kompyuterli loyihalashda foydalaniladigan H T haqida
umumiy m a ’lumotlar
Kompyuterli loyihalash TVK asosini eng oddiy bir kristall mikro-
kompyuterlardan boshlab, murakkab super kompyutergacha boTgan turli
kompyuterlar tashkil qiladi. TVK tarkibida u yoki bu kompyuterdan
foydalanish imkonini aniqlashda, ular turli ko‘rsatkichlar majmui bo‘yicha
baholanadi; ulardan eng asosiylari - texnikaviy xarakteristikalar, sotib
olish va ekspluatatsiya qilish narxidir.