10.Mavzu:Asosiy yetakchi sohlarni modernizatsiya qilish texnik va
texnalogik yangilanish
Reja.
1.
Asosiy yetakchi sohalarni modernizatsiya qilish texnik va texnologik yangilash
2. Zamonaviy ishlab chiqarishni tashkil etish va ularga innovatsion texnologiyalarni
joriy etish
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 4 oktabrdagi “Yangi turdagi raqobatbardosh
mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish va o’zlashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 1623-sonli
qarori bilan tasdiqlangan dasturga muvofiq, 2012-2016 yillarda, hisob kitoblar bo’yicha, qiymati 6
milliard 200 million dollar bo’lgan 270 dan ziyod investitsiya loyihasini,
shuningdek, ishlab chiqarishni
modernizatsiya qilish, texnik va texnalogik qayta jihozlash bo’yicha tarmoq dasturlarini amalga oshirish
ko’zda tutilmoqda.
Mamlakatimizda yoqilg’i-energetika resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish
uchun quyidagi
yo’nalishlarda chora-tadbirlar amalga oshirishga ustuvor ahamiyat berilmoqda:
Yuqori texnologiyaga asoslangan zamonaviy ishlab chiqarishni tashkil etish va ularga innovatsion
texnologiyalarni joriy etishga e’tiborini qaratgan Respublikamiz Prezidenti I. A. Karimov mamlakatimizni
2013 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2014 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy
dasturning eng
muhim ustivor yo‘nalishlariga bog‘langan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasida “Biz
mamlakatimizdagi ishlab chiqarish korxonalarini modernizatsiya qilish va yangilash,
zamonaviy
innovatsiyalarga asoslangan va yuksak samarali texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha o‘z oldimizga katta
maqsadlar qo‘yganmiz” deb aytdi.
Bu yil O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimidagi islohatlar yo’nalishini belgilab bergan “Ta’lim
to’g’risidagi qonun . va “Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi qabul qilinib, keng miqyosda amalga oshirila
boshlaganiga 19 yil to’ldi.
Jamiyatimiz jadallik
bilan taraqqiy etib, iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy va siyosiy tavqim kundan-kunga
ortib
bormoqda.
Respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan texnik yo‘nalishidagi kasb-hunar kollejlarida malakali texnik xodimlar
tayyorlanib ular o‘z navbatida ishlab chiqarish korxonalarida zamonaviy innovatsiyalarga asoslangan
texnologiyalarni joriy etish va yangilash borasida ulkan muvaffaqiyatlarga erishmoqdalar.
Uzoq muddatli istiqbolga mo’ljallangan, mamlakatimizning salohiyati, qudrati va iqtisodiyotimizning
raqobatdoshligini oshirishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadigan navbatdagi muhim ustuvor yo’nalish- bu
asosiy yetakchi sohalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, transport va infrotuzilma
kommunikatsiyalarini rivojlantirishga qaratilgan strategik ahamiyatga molik
loyihalarni amalga oshirish
uchun faol investitsiya siyosatini olib borishdan iborat