-mavzu: KORREKSION (MAXSUS) PEDAGOGIKA




Download 3,04 Mb.
bet84/190
Sana13.05.2024
Hajmi3,04 Mb.
#228471
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   190
Bog'liq
Umumiy pedagogika

19-mavzu: KORREKSION (MAXSUS) PEDAGOGIKA



  1. Korreksion-pedagogikaning paydo bo`lishi

  2. Korreksion pedagogikaning maO`sad va vazifalari

  3. Korreksion pedagogikaning kategoriyalari

Korreksion pedagogikaning predmeti, vazifalari va mohiyati. Rivojlanishida turli nuqson (kamchilik)lar bo`lgan o`quvchilarni korreksion o`qitish va tarbiyalash bilan korreksion pedagogika (defektologiya) shug`ullanadi. Korreksion (maxsus) pedagogika (defektologiya - yunoncha defectus – nuqson, kamchilik, logos – fan, ta’limot) – rivojlanishda jismoniy yoki psixik kamchilikka ega, maxsus, individual tarbiyalash va o`qitish metodlariga asoslangan, salomatlik imkoniyatlari cheklangan bolaning individualligi hamda shaxsini rivojlantirish jarayonini boshqarish mohiyati, qonuniyatlarini o`rganuvchi fan sanaladi.


Korreksion pedagogika (defektologiya) tarkibiga quyidagi sohalari kiradi:


Pedagogik lug`atda «korreksiya» tushunchasi (yunoncha «correctiio» - tuzatish) pedagogik uslub va tadbirlardan iborat maxsus tizimi yordamida anomal bolalarning psixik va jismoniy rivojlanish kamchiliklarini tuzatish (qisman yoki to`liq) sifatida tushunilishi ta’kidlab o`tiladi.


Ana shu lug`atda «korreksion pedagogika»ning jismoniy yoki psixik kamchilikka ega, maxsus, individual tarbiyalash va o`qitish metodlariga muhtoj bo`lgan, sog`lig`i imkoniyatlari cheklangan bolaning individualligi va shaxsini rivojlantirish jarayonini boshqarish mohiyati, qonuniyatlarini o`rganuvchi fan ekanligi qayd etiladi.
Korreksion pedagogikaning asosiy maqsadi – belgilangan (normal) va (mavjud kamchilik) faoliyat o`rtasidagi nomuvofiqlikni yo`qotish yoki kamaytirishdan iborat.
Korreksion-pedagogik faoliyat yaxlit ta’lim jarayonini qamrab oluvchi hamda murakkab psixofiziologik va ijtimoiy-pedagogik chora-tadbirlarning amalga oshirilishini nazarda tutuvchi pedagogik tizim.
Diagnostika korreksion, korreksion-rivojlantiruvchi, korreksion-profilaktik faoliyatlar bilan bir qatorda tarbiyaviy va korreksion-o`qitish, psixokorreksion faoliyatni ham amalga oshirilishini ta’minlaydi. Korreksion-pedagogik faoliyat maxsus ta’lim dasturiga muvofiq mutaxassislar yordamida anomal o`quvchilarni o`qitish, tarbiyalash va rivojlantirishga yo`naltirilgan yaxlit jarayon.

Download 3,04 Mb.
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   190




Download 3,04 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-mavzu: KORREKSION (MAXSUS) PEDAGOGIKA

Download 3,04 Mb.