44
foydalanilayotgan ta‘limiy mobil ilovalar bo‗yicha xulosalarni ishlab chiqishdan
iborat.
So‗rovnoma natijalari ko‗ra, oliy ta‘lim pedagog-xodimlari va talabalarining
kо‗pchiligi mobil texnologiyalarni kasbiy va о‗quv faoliyatlarida qо‗llashga tayyor
ekanliklarini kо‗rsatdi. Mobil texnologiyalarning ta‘lim jarayoniga tadbiqi amalga
oshirilayotgan bo‗lsada, biroq hozirgi kunga
qadar bu borada yuqori
ko‗rsatkichlarga erishilmaganligining asosiy sababi sifatida ta‘lim kontentiga ega
mobil ilovalar yetarli darajada ishlab chiqilmaganligi deb hisoblanadi va bu ayni
yo‗nalishdagi tadqiqotlarga ehtiyoj borligini anglatadi.
Bundan tashqari mavjud
ta‘limiy mobil ilovalarning aksariyati xorijiy tilni o‗rganish va test sinovlarini
tashkil qilish uchun mo‗ljallangan. O‗zbekistondagi OTMlarning mobil ilovalari
esa deyarli
mavjud emas, vaholangki nufuzli xorijiy OTMlar bunga jiddiy e‘tibor
qaratishadi. Shunga qaramasdan oliy ta‘lim pedagog-xodimlari va talalabalari o‗z
faoliyatlari davomida mobil qurilmadan
tez-tez
foydalanishadi. Noutbuk ham ko‗p
foydalaniladigan qurilma hisoblansada, son va internetga ulanish hamda ta‘lim
resurslariga murojaat etishda mobil qurilmalar ustunlik qiladi. Ta‘lim bilan bog‗liq
kundalik faoliyatni rejalashtirishda esa mobil texnologiyalarning o‗rni katta [56].
Yuqoridagi fikrdan kelib chiqib, OTMlarda ta‘lim sifati va samaradorligiga
ijobiy ta‘sir korsatish hamda ta‘lim jarayonida mobil texnologiyalardan
foydalanish bilan bog‗liq holatni yaxshilash maqsadida quyidagilarni taklif etamiz:
Mobil texnologiyalardan ta‘lim jarayonida foydalanish bo‗yicha
ilmiy
tadqiqotlarga katta e‘tibor qaratish va ularning sonini oshirish;
Oliy ta‘lim pedagog-xodimlari va talabalari bilan mobil ta‘limni tashkil etish
va undan samarali foydalanish bо‗yicha seminar-treninglar tashkil etish;
Ta‘limiy mobil ilovalarni ishlab chiqish va bu jarayonda ilovaning pedagogik,
didaktik va psixologik jihatlariga e‘tibor
qaratish;
Har bir oliy ta‘lim muassasasining mobil ilovasi bo‗lishiga e‘tibor qaratish;
Oliy ta‘lim muassasalarida auditoriya va undan tashqaridagi darslar
samaradorligini oshirish maqsadida ta‘limiy mobil ilovalardan foydalanish
bo‗yicha metodik kо‗rsatmalar ishlab chiqish;
45
An‘anaviy ta‘lim va mobil ta‘lim o‗rtasidagi farqni qisqartirish uchun ta‘limiy
mobil ilovalarni me‘yoriy hujjatlarga hamohang ishlab chiqish;
Ta‘limiy mobil ilovalarni yaratish bо‗yicha tanlovlar, grantlar e‘lon qilish;
Mobil ilovalarni yaratish bilan bog‗liq fanlar va
ularga ajratilgan soatlarni
oshirish;
Ta‘lim faoliyatida foydalanish uchun interfaol ta‘lim resurslarini ishlab chiqish
bо‗yicha bilim va ko‗nikmalarini muntazam oshirib borish.
Mobil texnologiyalar о‗sishda davom etar ekan, ta‘lim siyosatini ishlab
chiquvchilar ta‘lim uchun AKT imkoniyatlarini qayta ko‗rib
chiqishlari kerak
bo‗ladi. Ushbu takliflar mobil ta‘limning ba‘zi noyob afzalliklarini batafsil bayon
qilish va maslahatlar berish orqali eng afzal ta‘lim siyosatini amalga oshirish
jarayonini osonlashtirish uchun mo‗ljallangan [59].