35
Rejalashtirish va tashkil etish ichki tizimi vazifalariga quyidagilar kiradi:
yer tuzish xarakatlarini rejalash bo‟yicha me‟yoriy ma‟lumotlarni (loyiha
va qidiruv ishlari, baholari va boshq.) yuritish;
tumanlar, yer egalari va yerdan foydalanuvchilar bo‟yicha turli xil
o‟rganishlar va izlanishlar materiallari borligi to‟g‟risida ma‟lumotlar yig‟ish;
yerdan oqilona foydalanishning kompleks dasturlari va manfaatdor
korxonalarning so‟rovnomalari asosida loyiha va izlanish ishlariga mavjud talablar
to‟g‟risidagi ma‟lumotlarni ro‟yxatga olish;
yer tuzish ishlarining optimal rejasini va tarmoqli grafigini tuzish;
loyiha institutlarining, ular filiallari va bo‟limlarining ishchilari soni, ish
haqi fondi va moddiy ta‟minotini rejalash bo‟yicha hisoblashlarni avtomatlashgan
tarzda bajarish.