295
Ba’zida kompyuter va tarmoq xavfsizligi muammolarini bir-
biridan ajratish qiyin bo‘lsa ham, ular bir-biri bilan chambarchas
bog‘liq, ammo tarmoq xavfsizligi o‘ziga xos xususiyatlarga ega.
Tarmoq xavfsizligining xususiyatlari:
Tarmoqda
ishlayotgan
vaqtingizda
kompyuteringizdan
boshqa foydalanuvchiga mantiqiy kirishkasbiy, lavozimli holat
bo‘ladi. Bunday holatda axborot xavfsizligini ta’minlash uchun har bir
foydalanuvchini nazoratga olish zarur, ya’ni ularni tarmoqda aniq
belgilangan funksiyalari mavjud bo‘lishi va resurslarga murojaat
qilish darajalari belgilab berilgan bo‘lishi zarur.
Tarmoq tabiati bo‘yicha yana bir turdagi xavf mavjud, ya’ni
tarmoq bo‘ylab uzatilayotgan axborotni tutib olish va tahlil qilish,
shuningdek «yolg‘on» trafiklarni yaratishdir. Tarmoq xavfsizligini
ta’minlashga qaratilgan vositalarni kattagina qismi aynan shu turdagi
buzilishlarni oldini olishga qaratilgan.
Operatsion tizimning xavfsizlikda tutgan o‘rni
Operatsion tizim kompyuter tizimining xavfsizligida muhim rol
o‘ynaydi, chunki u tizimning barcha qismlariga kirish huquqiga ega.
Operatsion tizim darajasidagi har qanday zaifliklar butun tizimni
hujum uchun ochadi. Operatsion tizim qanchalik murakkab va kuchli
bo‘lsa, uning hujumlarga nisbatan zaiflik ehtimoli shunchalik yuqori
bo‘ladi. Natijada, tizim ma’murlari o‘zlarining operatsion tizimlarini
hujumlardan va mumkin bo‘lgan nosozliklardan himoya qilishning
barcha vositalarini ko‘rib chiqishlari kerak.