225
pog‘onasiga yana ikkita protokollar tayinlanishi mumkin: ICMP
(Internet Control Message Protocol) bu marshrutizator paketni uzatish
paytida yuz bergan xatoliklar to‘g‘risida resursga ma’lumot uzatish
uchun mo‘ljallangan va IGMP (Internet Group Management Protocol)
esa bir vaqtning o‘zida bir nechta manzilga paketlarni yo‘naltirish
uchun ishlatiladi.
OSI modelining pastki pog‘onalari (kanal va fizik) uzatuvchi
vositaga kirish, kadrlarni shakllantirish va elektr signallari darajalarini
muvofiqlashtirish, kodlash,
sinxronizatsiya
va
ba’zi
boshqa
funksiyalarni amalga oshiradi. TCP/IP stekining pastki pog‘onasida
vazifa ancha sodda - u faqat tarmoq tarkibiga kiritilgan tarmoq
texnologiyalari bilan o‘zaro aloqani tashkil qilish uchun javobgardir.