Tormoz kuchaytirgichlari haydovchining ishini yengillatish va
harakat xavfsizligini oshirish uchun xizmat qiladi. Tormoz kuchaytir
gichlari gidravlik, pnevmatik, gidrovakuumli yoki vakuumli boiishi
mumkin. So‘ nggi yillarda elektrik tormoz kuchaytirgichlari ham
qo'llanilmoqda.
Tormoz kuchaytirgichiga quyidagi talablar qo‘yiladi:
- tormoz kuchaytirgichi hosil qilayotgan kuch tormoz pedaliga
qo‘yilgan kuchga proportsional, ya’ ni mos bo‘ lishi kerak;
- tormoz kuchaytirgich ishlamay qolganda ham tormoz tizimi
avtomobilni to‘xtata olishi kerak;
Tormoz kuchaytirgichini loyihalashni gidrovakuum tormoz kuchay
tirgichi misolida ko‘rib chiqamiz. Buning uchun prototip avtomobilining
tormoz kuchaytirgichidan foydalanamiz.