29. Agar majburiy sug‘urta shartnomasi tuzilgandan keyin majburiy sug‘urta
shartnomasini tuzish to‘g‘risidagi ariza-anketada sugurta qildiruvchining notugri va
(yoki) xato ma’lumotlar ko‘rsatganligi aniqlansa sug‘urta mukofoti miqdorlari
majburiy sug‘urta shartnomasi tuzilgan vaqtda amalda bo‘lgan sug‘urta tariflariga
muvofiqlashtirilishi kerak.
30. Majburiy sug‘urta shartnomasi shartlari u amal qilgan muddat mobaynida
o‘zgargan taqdirda, shuningdek ushbu qoidalarda nazarda tutilgan boshqa holatlarda
sug‘urta mukofoti miqdori o‘zgargan shartlarga muvofiq ravishda tuzatiladi. Bunda
tomonlarning sug‘urta mukofotini o‘zaro hisob-kitob qilishga taalluqli bo‘lgan
majburiyatlari majburiy sug‘urta shartnomasi shartlariga o‘zgartirishlar
kiritilgan
kundan boshlab 3 ish kunidan kechikmay bajarilishi kerak.
31. Majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta mukofotining barcha
koeffitsiyentlari qo‘llanishini hisobga olgan holda tuzatishlar kiritilgan eng yuqori
miqdori bazaviy stavkaning besh baravaridan oshishi mumkin emas. Sug‘urta
qilinuvchi sug‘urtalovchidan to‘lanishi kerak bo‘lgan sug‘urta mukofotining yozma
hisob-kitobini talab qilishga haqlidir. Zarur
ma’lumotlar mavjud bo‘lgan taqdirda sug‘urtalovchi ana shunday hisob-kitobni
sug‘urta qildiruvchidan tegishli yozma ariza olingan kundan boshlab 2
ish kuni
mobaynida taqdim etishi shart.
32. Majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta mukofoti sug‘urta
qildiruvchi tomonidan sug‘urtalovchiga (uning filialiga yoki sug‘urta agentiga)
majburiy sug‘urta shartnomasini tuzish vaqtida naqd yoki naqdsiz hisob-kitob yo‘li
bo‘yicha biryo‘la to‘lanadi.
Naxt hisob-kitob bo‘yicha sug‘urta mukofotini to‘lashda sug‘urtalovchi (uning
filiali yoki sug‘urta agenti) tomonidan pul mablag‘lari qabul qilingan sana to‘lov
sanasi hisoblanadi. Naqdsiz hisob-kitob bo‘yicha sug‘urta mukofotini to‘lashda pul
mablag‘larining sug‘urtalovchining (uning filiali yoki sug‘urta agentining) bankdagi
hisob raqamiga tushgan sanasi sug‘urta mukofoti to‘langan sana xisoblanadi
33. Majburiy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta mukofoti to‘lashda
quyidagi sug‘urta qildiruvchilarga sug‘urta mukofoti summasining 50 foizi
miqdorida siylov beriladi:
1941-1945 yillardagi urush qatnashchilari yoki partizanlari yoxud ularga
tenglashtirilgan shaxslar;
1941-1945 yillardagi urush davri mexnat fronti faxriylari;
konsentratsion lagerlarning sobiq yosh tutqunlari;
harbiy xizmat majburiyatlarini bajarishda yaralanganligi, kontuziya bo‘lganligi
yoki shikastlanganligi oqibatida yoxud frontda bo‘lish bilan bog‘liq kasallik tufayli
halok bo‘lgan harbiy xizmatchining ota-onasidan
biri yoki boshqa turmush
qurmagan bevasi;
harbiy xizmatchilar hamda o‘quv va tekshiruv yig‘inlariga chaqirilgan harbiy
xizmatga majburlar, Afg‘oniston Respublikasida
va jangovar harakatlar olib
borilayotgan boshqa mamlakatlarda vaqtincha turishgan qo‘shinlarning cheklangan
kontingenti tarkibida xizmatni o‘taganlar;
Chernobil AESdagi avariya oqibatida jabrlanganlar;
Pensionerlar;
Nogironlar;
Ushbu bandda nazarda tutilgan siylovlar Transport vositalari egalarining
fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha to‘lovlarni
kafolatlash
jamg‘armasi tomonidan, sug‘urtalovchining sug‘urta mukofotiga doir siylovni
kompensatsiya qilish masalasi yuzasidan yozma ravishda
murojaati olingan kundan
e’tiboran o‘n besh kalendar kun ichida qoplanadi.
Sug‘urtalovchi To‘lovlarni kafolatlash jamg‘armasiga taqdim qilinadigan
ma’lumotlarning to‘g‘riligi va to‘liqligi uchun javob beradi.
Siylov ushbu bandda ko‘rsatilgan sug‘urta qilinuvchining o‘ziga tegishli bo‘lgan
bitta transport vositasi bo‘yicha fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilishda
beriladi.
Ushbu bandga muvofiq berilgan siylov to‘g‘risida majburiy sug‘urta qilish
bo‘yicha sug‘urta polisida tegishli belgi qo‘yiladi.