O’ZBEK VA INGLIZ TILLARIDAGI AXLOQIY QADRIYATLAR
MAZMUNINI IFODALOVCHI BIRLIKLARNING
LINGVOKULTUROLOGIK XUSUSIYATLARI
Turaboyeva S.Z.
Toshkent Tibbiyot Akademiyasi,
(Toshkent, O'zbekiston)
Jahon tilshunosligida turli soha vakillarining o‘zaro kommunikativ munosabatga
kirishishida mavjud o‘ziga xosliklar keng miqyosda tadqiq etilmoqda. Keyingi yillarda
bu bilan bog‘liq muammolar tadqiqotchilar e’tiborini tortmoqda, chunki o‘zaro
muloqotning samarali bo‘lishidan hamma birdek manfaatdordir. Bu hol hozirgi paytda
kuzatilayotgan rivojlanishning intensivlashuvi va geosiyosiy va iqtisodiy sohalarning
to‘la-to‘kis o‘zgarib borishi global integratsiya va butun jahon hamjamiyatining kasbiy
muloqot jarayoniga jalb etilishini taqozo etmoqda. Dunyo tilshunosligida nutq egasi
tinglovchi yoki o‘quvchiga o‘z fikrini aniq, lo‘nda va tushunarli qilib yetkizishi uchun
tilning ta’sirchan vositalaridan qay tarzda foydalanishi toboro ko‘proq e’tibor jalb
qilmoqda. Ayniqsa, jamoa bilan ishlaydigan, xalq bilan muloqotga tez-tez kirishadigan
siyosiy faollar, jumladan, deputatlar, blogerlar, jurnalistlarnutq egasi sifatida ommaviy
muloqot uchun qanday lisoniy vositalardan foydalanish samara berishini, nutqdan
ko‘zlangan maqsadga eltuvchi, hal qiluvchi tayanch birliklar qaysi ekanligini bilishi
nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada paremiyalar
– xalq donishmandligi
hisoblangan maqol, ibora va aforizmlar asosiy lisoniy vosita hisoblanadi. Til birliklari
orasida aynan axloqiy qadriyatlarni ifodalovchi birliklarning lingvokulturologik
xususiyatlarini o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Xalqlar o‘rtasidagi mental
farqlarni yaqqol ko‘rsatib bera oladi. Shu nuqtai nazardan “do‘st” va “begona” larning
kognitiv-
pragmatik xususiyatlarini o‘zbek va ingliz tillari misolida qiyosiy o‘rganish
muhim ahamiyatga egadir. Ijtimoiy ongni modellashtirish va ta’mirlashning ajralmas
tarkibiy qismi sifatida bilimlarni ommalashtirish
– o‘z atrofidagi haqiqatni idrok etish
va bilishning psixolingvistik va kognitiv mexanizmlari majmuasini qamrab olgan
yaxlit jarayondir. Bu jarayon inson faoliyatining barcha tegishli sohalarini, shu
jumladan, ommaviy axborot sohasini ham qamrab oladi. O‘zbek tilshunosligida matn
tahlili bilan bog‘liq tadqiqotlarni ko‘plab uchratish mumkin, ular orasida publitsistik,
badiiy matnlarning lingivistik va grammatik tadiqiqiga asosiy e’tibor qaratiladi, biroq
axloqiy qadriyatlarni ifodalovchi birliklarning lingvokulturologik xususiyatlarideyarli
o‘rganilmagan. Ish o‘zbek va ingliz tillarida axloqiy qadriyatlarni ifodalovchi
birliklarning lingvokulturologik xususiyatlarini qiyosiy tahlil asosida aniqlashga
yo‘nalganligi nuqtai nazardan ham dolzarb hisoblanadi. Axloqiy qadriyatlarni
98
ifodalovchi birliklarning lingvokulturologik xususiyatlarini tillar orasidatadqiq qilish
“do‘st” va “begona” konseptik birliklarning o‘rnini aniqlash va aktuallashtirish
borasida olib borililayotgan mazkur tadqiqot ishning dolzarbligi, tadqiqotn
ing ob’ekti
va predmetini belgilashga ham asos bo‘la oladi. Kasbiy-sohaviy muloqotda foydali
bo‘lgan paremiyalarga doir tadqiqotlar ham mavjud. Ayniqsa, kognitiv-diskursiv
nuqtai nazardan o‘rganishida rus olimlaridan N.D.Arutyunova, I.V.Gorban,
Ye.Skubryakova, A.Konstantinova
kabilarning tadqiqotlarini alohida ta’kidlash
mumkin. Kognitiv tilshunoslik muammolari o’zbekistonlik olimlar A.A.Abduazizov,
D.U.Ashurova, A.E.Mamatov, M.I.Rasulova, N.Mahmudov, R.X. Shirinova,
O‘.K.Yusupov, J.A.Yoqubov, I.M.Tuxtasinov, M.V.Ergasheva, va boshqalarning
ilmiy tadqiqotlarida muayyan darajada tadqiq etilgan. Paremiyaning bir turi bo’lgan
frazeologiya tilshunoslikning mustaqil tarmog’i sifatida XXning birinchi yarmida rus
tilshunosligida paydo bo‘lgan. Bu borada, ayniqsa, Sh.Rahmatullayev, B.Yo‘ldoshev,
A.Mamatov, Sh.Almamatova va boshqa tilshunoslarning xizmatlari katta. Biroq
axloqiy qadriyatlarni ifodalovchi birliklarning lingvokulturologik xususiyatlarideyarli
o‘rganilmagan, qolaversa, konsept darajasida maxsus ilmiy tadqiq etilmagan, axloqiy
qadriyatlarni ifodalovchi birliklar o‘zbek va ingliz tiliga doir matnlar, xususan, “do‘st”
va “begona” konseptlari doirasida pragmatik lingvokulturologik nuqtai nazardan
maxsus tekshirilmagan edi. O‘zbek va ingliz tillaridagi axloqiy qadriyatlarni
ifodalovchi birliklarning lingvokulturologik xususiyatlarini “do‘st” va “begona”
konseptlari misolida tadqiq etadi. Uni amalga oshirish quyidagi vazifalarni bajarishni
taqozo qiladi: -
jahon va o‘zbek tilshunosligidagi mavzuga aloqdor ilmiy adabiyotlarni
o‘rganish va ularga munosabat bildirish; tadqiqotning asosiy tadqiqot yo‘nalishlarini
tahlil qilish; o‘zbek va ingliz tillarida “do‘st” va “begona” konseptlari misolida axloqiy
qadriyatlarni ifodalovchi birliklarning lingvokulturologik xususiyatlarini tavsiflash
o‘zbek va ingliz tiliga doir axloqiy qadriyatlarni ifodalovchi birliklarning (“do‘st” va
“begona” konseptlari misolida )lingvokulturologik, umumlisoniy xususiyatlarini
aniqlash; o‘zbek va ingliz tiliga doir axloqiy qadriyatlarni ifodalovchi birliklarning
lingvokulturologik
xususiyatlarinianiqlash va tavsiflash; o‘zbek va ingliz tiliga doir
axloqiy qadriyatlarni ifodalovchi birliklarning lingvokulturologik xususiyatlarini
funksional xususiyatlarini tizimlashtirish. Shuningdek, umumiy nutq nazariyasi bilan
bog‘liq ko‘plab muammolarni ishlab chiqish amaliyotida, nominativ faoliyatning
kognitiv jihatlari, shuningdek, darslik, uslubiy ko‘rsatmalar tayyorlashda foydalanish
mumkin.
|