KREDIT-
MODUL TIZIMIDA O‘QUV JARAYONINING ME’YORIY
TA’MINOTI
Djalilova G.A., Rajabova N.A., Odilova M.A.
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti,
Toshkent farmastevtika institute,
(Toshkent, O'zbekiston)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2019 yil 8 oktyabrdagi farmoni bilan
tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha
rivojlantirish konstepstiyasi"ga ko‘ra mamlakatdagi OTMlarning 85 foizi 2030
yilgacha bosqichma-bosqich kredit-
modul tizimiga o‘tishi rejalashtirilgan. Bu yaqin
yillar davomida mamlakatdagi deyarli barcha OTMlar kredit-modul tizimida faoliyat
yurita boshlashidan darak beradi.Kredit-
modul o‘qitish tizimi, har bir o‘quv moduli
tarkibini tuzishga asoslangan moduln
ing o‘quv natijalari va yakuniy nazoratni kuzatib
borish orqali ta’lim oluvchilarning bilim, ko‘nikma va kompetenstiyalarini muntazam
ravishda baholab boruvchi o‘quv dasturini o‘zlashtirish jarayonini tashkil etish tizimi
hisoblanadi. Kredit-modul tamoyilida ikkita asosiy masalaga ahamiyat beriladi:
talabalarn
ing mustaqil ishlashini ta’minlash; talabalar bilimini reyting asosida
baholash. Kredit-modul tizimining asosiy vazifalari sif
atida quyidagilar e’tirof etiladi:
o‘quv jarayonlarini modul asosida tashkil qilish; bitta fan, kurs (kredit)ning¬ qiymatini
aniqlash; talabalar bilimini reyting ball asosida baholash; tala
balarga o‘zlarining o‘quv
rejalarini individual tarzda tuzishlarig
a imkon yaratish; ta’lim jarayonida mustaqil
ta’lim olishning ulushini oshirish; ta’lim dasturlarining qulayligi va mehnat bozorida
mutaxassisga qo‘yilgan talabdan kelib chiqib o‘zgartirish mumkinligi. Modul — bu,
bir nechta fan hamda kurslar o‘rganiladigan o‘quv rejasining bir qismi. U talabalarda
ma’lum bir bilim va ko‘nikma hosil qilish, tahliliy-mantiqiy mushohada yuritish
salohiyatiga ega bo‘lishiga qaratilgan bir nechta fanlar (kurslar) majmui hisoblanadi.
Bunda o‘qituvchi o‘quv jarayonini tashkil qiladi, jonli, video hamda audio ma’ruzalar
o‘qiydi, talabaning faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi. Talaba esa mavzuni
mustaqil o‘rganadi hamda berilgan topshiriqlarni bajaradi. Kredit (credit) — tala-
baning alohida ta’lim yo‘nalishi yoki dasturi (kurs) bo‘yicha fanlarni o‘qib o‘rganishi
va o‘zlashtirishi uchun sarflangan o‘quv yuklamasining (vaqtning) o‘lchov birligidir.
¬Kredit — talabaning me’yoriy hujjat bilan belgilangan, odatda bir hafta davomida
auditoriyada va mustaqil ravishda ta’lim olishi uchun ajratilgan minimal vaqt
o‘lchovidir. Talabaga kredit ma’lum bir fandan belgilangan topshiriqlarni bajarib,
yakuniy imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgandan so‘ng beriladi.Bizning mamalakati-
mizda ta’lim jarayonini kredit-modul tizimida joriy etish bir qator me’yoriy xujjatlar
asosida amalga oshiriladi: O‘zbekiston Respublikasining 23.09.2020 yildagi “Ta’lim
to‘g’risida”gi Qonunida Ta’lim jarayoniga o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini joriy
44
etish ta’lim tashkilotlari tomonidan amalga oshirilishi; Ta’lim jarayoniga o‘quv rejalari
va o‘quv dasturlarini joriy etishda ta’lim tashkilotlari zamonaviy pedagogik
texnologiyalar, o‘qitishning innovastion shakllari va usullari, kredit-modul tizimiga
asoslangan o‘qitish texnologiyalaridan foydalanishi mumkinligi; O‘quv rejasida, qoida
tariqasida, ta’lim jarayonining jadvali, o‘qitishning boshlanishi, muddati va davriyligi,
o‘quv yillari, choraklar, semestrlar, amaliyot, ta’tillar, attestastiya, ajratilgan haftalar
soni, o‘rganiladigan fanlar (modullar) va ularga ajratilgan soatlar (kreditlar) hamda
boshqa zarur parametrlar aks ettirilishi; O‘quv rejalariga davlat boshqaruvi
organlarining topshiriqlariga asosan qo‘shimcha fanlarni kiritishga yo’l qo‘yilmasligi
belgilab berildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 08.10.2019 yildagi
«O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish
konstepstiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi №-5847-sonli farmoni bilan kamida 10 ta
oliy ta’lim muassasasini xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar (Quacquarelli Symonds
World University Rankings, Times Higher Education yoki Academic Ranking of
World Universi
ties) reytingining birinchi 1000 ta o‘rindagi oliy ta’lim muassasalari
ro‘yxatiga, kiritish; oliy ta’lim muassasalarida o’quv jarayonini bosqichma-bosqich
kredit-
modul tizimiga o‘tkazish; xalqaro tajribalardan kelib chiqib, oliy ta’limning
ilg‘or standartlarini joriy etish, jumladan, o‘quv dasturlarida nazariy bilim olishga
yo‘naltirilgan ta’limdan amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim
tizimiga bosqichma-
bosqich o‘tish; oliy ta’lim muassasalarining akademik
mustaqilligini ta’minlash va boshqalar belgilab berildi. O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkama
sining 2020 yil 31 dekabrdagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim
jarayonin
i tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi 824-sonli Qarori bilan: 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab respublika oliy
ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga
o‘tkazish tartibi; Ta’lim dasturi katalogida aks ettirilishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar;
Fanlar katalogi; Ta’lim to‘g‘risidagi kelishuvda aks ettirilishi lozim bo‘lgan
ma’lumotlar; Ta’lim to‘g‘risidagi ma’lumotnomada aks ettirilishi lozim bo‘lgan
ma’lumotlar; Stajirovka o‘tash to‘g‘risidagi sertifikatda aks ettirilishi lozim bo‘lgan
ma’lumotlar; Talabaning shaxsiy ta’lim traektoriyasi; Baxolarni konvertastiya qilish
jadvali (5 ballik tizimdan foizga); OTMlarning baxolash tizimini boshqa baholash
tizimlariga konvertastiya qi
lish jadvali; Stajirovka o‘tash bo’yicha kelishuvda aks etti-
rilishi tavsiya etiladigan ma’lumotlar; Transkript; Baholash qaydnomasi. Xulosa qilib
aytganda, bugungi kunda mutaxassislarni kasby faoliyatga tayyorlashning asosiy sifat
ko’rsatkichlari-mehnat bozorida bitiruvchilarga bo‘lgan talab, ularning
raqobatbardoshligi va kasbiy faoliyatdagi yutuqlari hisoblanadi. Yuqorida qayd etib
o‘tilgan me’yoriy xujjatlar O‘zbekiston Respublikasining ta’lim jarayonini kredit-
modul tizimiga o‘tishini ta’minlashda muxim axamiyatga ega bo‘lib, ta’lim
jarayonining xalqaro miqyosda shaffof bo‘lishiga erishish, milliy ta’lim tizimining
dunyoning etakchi universitetlari safidan o‘rin olish g‘oyalariga yo‘naltirilgan.
|