Toshkent Moliya instituti
R.H. Ayupov va G.R. Boltaboeva
avtomatlashtirilan servislar yaratish– bular ham qo‘shilgan qiymat olishga
asoslanadigan iqtisodiyotdan hamkorlik va ne’matlar ayirboshlashga asoslangan
iqtisodiyotga o’tishdir (
shu jumladan «shering-economy»ham
). Shu sababli,
raqobat - o‘zaro manfa’atli kooperatsiya va o‘zaro aloqalarga o‘rin bo‘shatib
beradi vako‘proq vertikal aloqalarga emas, balki o‘zaro teng munosabatlarga, bir-
birini to‘ldirib turadigan hizmatlar taqdim etishga asoslanadi. Bu yerdan hizmatlar
elektron savdosi va hajmining ortishi hamda servislar sonining o‘sishi kelib
chiqadi.Jahon banki mutaxassislarining aniqlashicha, yuqori tezlikdagi internetda
foydalanuvchilar sonining 10% o‘sishi YIM yillik o‘sishini 0,4% dan 1,4%gacha
oshirishi mumkin. Davlatlarning YIM dagi ulushi elektron iqtisodiyot vositasida
yiliga qariyib 20% o‘sishi bunday iqtisodiyotning ahamiyatining tan olinishi
hisoblanadi, rivojlangan mamlakatlarda bu ko‘rsatkich o‘rtacha yetti foizni tashkil
qiladi. Bashoratlarga ko‘ra,o‘sish sur’ati saqlanib qolgan holda 10-15 yildan keyin
bunday iqtisodiyotning jahon YIMdagi ulushi 30-40%ga yetishi mumkin ekan.
Zamonaviy axborot platformalarini birlashtirish asosida o‘zaro aloqalarni tashkil
qilishning yangi ijtimoiy modellari iqtisodiy texnologiyalarning