79
mol-mulki yetarli bo‟lmaganda, uning mulkdori (yoki ta‟sischisi)
zimmasiga subsidiar javobgarlik yuklatilishi mumkin.
Fuqarolik muomalasida o‟z nomidan harakat qilishi – yuridik shaxs
hisoblangan tashkilot o‟z nomidan huquqiy munosabatlarda qatnashib,
turli bitimlar tuza olishi, mulkiy va mulkiy xarakterda bo‟lmagan
huquqlarga ega bo‟la olishi va majburiyatlar vujudga keltira olishi,
demakdir. Yuridik shaxs sudda, xo‟jalik sudida yoki hakamlik sudida
mustaqil ravishda da‟vogar va javobgar bo‟la oladi.
Yuridik shaxsni yuqoridagi belgilaridan tashqari uni individual belgilari
(firma nomi, tovar (xizmat) belgisi) ham mavjud.
Yuridik shaxs vujudga kelishi va rivojlanishi bilan birga, uning
mohiyatini o‟zida ifoda etuvchi bir qator qarashlar, nazariyalari mavjud,
ular zamonaviy yuridik shaxs tushunchasining vujudga kelishi va
mohiyatini ifodalashda muhim o‟rin egalladi. Bunday nazariyalarga
fikstiya nazariyasi, ijtimoiy voqelik nazariyasi, mavjud holat nazariyasi,
tashkilot nazariyasi, manfaat nazariyasi, ma‟muriyat nazariyasi, direktor
nazariyasi, jamoa nazariyasi, jamoa mulki nazariyasi va boshqalardir.